So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Qashqadaryoda hamqishlogʻi tomonidan kaltaklangan ayol shifoxonada vafot etdi
Shahrisabz tumanidagi sodir etilgan jinoyat muhokamasi boʻlib oʻtdi. Tadbirda soʻz olganlar mahalla faollari, qarindoshlar oʻz vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragani mudhish jinoyatni yuzaga kelishiga sabab boʻlgani tanqid ostiga olindi.

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida mudhish jinoyat sodir etildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Shahrisabz tumani “Tepar” mahallasida yashovchi hamqishloqlar ochiq dala maydoniga borishib, shu yerda oʻzaro ogʻzaki tortishib qolishgan.
Natijada oʻrtada bahslashuv yuzaga kelib, bir-birini kamsituvchi soʻzlar bilan haqorat qilganligi sababli erkak ayolni urib, tan jarohati yetkazgan.
Ertasi kuni jabrlanuvchi shifoxonaga olib borilgach, shifokorlar koʻrsatgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz tumani IIB TB tomonidan fuqaro S.X.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Fuqaro S.X. JPKning 221-moddasi tartibida ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Shahrisabz tumanidagi Bolalar musiqa va sanʼat maktabida sodir etilgan jinoyat muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Unda Qashqadaryo viloyati IIB rahbariyati, tuman prokuraturasi va ichki ishlar boʻlimi, xotin-qizlar qoʻmitasi, yoshlar ishlari agentligi, nuroniylar va oqsoqollar hamda tumandagi mahalllar beshligi, “Teparlik” mahalla faollari ishtirok etishdi.
Tadbirda soʻz olgan Qashqadaryo viloyati IIB boshligʻining birinchi oʻrinbosari polkovnik Jasurbek Atayev joriy yilning ilk kuni sodir etilgan bu mudhish jinoyatni yuzaga keltirgan shart-sharoitlarni atroflicha muhokama qildi.
Tadbirda soʻz olganlar mahalla faollari, qarindoshlar oʻz vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragani mudhish jinoyatni yuzaga kelishiga sabab boʻlgani tanqid ostiga olindi.
“Fuqarolarning kundalik tashvishi va maishiy muammolari bilan shugʻullanishi lozim boʻlgan mahalla beshligi ogoh va hushyor ish olib borib, nazoratsiz shaxslar turmush tarzi bilan shugʻullanganida bu jinoyatning oldi olinardi.
Bu fuqarolarning oʻzaro munosabatidan mahalla beshligi bexabar deyish nooʻrin. Ular “xonadonbay”, “fuqarobay” ishlarni amalga oshirishda bu shaxslarning hayoti va turmush tarzi bilan qiziqmagan.
Holat boʻyicha mutasaddilardan izoh soʻralib, har bir mahalla faollari oʻz ishini jonlantirishi, zimmasidagi masʼuliyatni his etgan holda faoliyat olib borishi, “Teparlik” mahalla fuqarolar yigʻini beshligi zimmasiga aniq manzilli vazifalar yuklandi”, — deyiladi xabarda.



