So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Qosimov bir nechta rahbarlarni ishdan oldi, “zam” hokimlarga “hayfsan” berdi
Surxondaryo viloyati hokimi tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilishda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan rahbarlarga javobini berdi.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov Yoshlar markazi binosida viloyat hokimining tarmoqlar boʻyicha oʻrinbosarlari, viloyat tashkilot, idora va korxonalar rahbarlari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va farmoyishlari hamda yigʻilish bayonlarining “Ijro.gov.uz” idoralararo elektron tizimida bajarilishi hamda ijro intizomi masalalari muhokama qilindi.
Prezidentning Farmon, qaror va farmoyishlari hamda yigʻilish bayonlarining ijrosi boʻyicha shu kunga qadar “Ijro.gov.uz” elektron tizimiga 9 052 ta topshiriqlar kelib tushgan boʻlib, shundan 7 056 ta topshiriq ijrosi taʼminlangan, 1 958 ta topshiriq ijroga qaratilgan. Jami 32 ta, shundan viloyat toʻgʻridan-toʻgʻri ijrochi boʻlgan 6 ta topshiriq ijrosi hozirgi kunga qadar bajarilmagan.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-aprel kunidagi PF-122-sonli Farmonida “Sariosiyo” chegara bojxona postining “Bobotogʻ” bojxona punktini ichimlik suvi bilan taʼminlash 2022-yilning 31-dekabr kuniga qadar taʼminlash choralarini koʻrish belgilangan.
Biroq topshiriq ijrosi shu kunga qadar bajarilmagan. Prezidentning Surxondaryo viloyatiga 2021-yil 30-iyun kunidagi tashrifi davomida berilgan topshirigʻiga koʻra, bir oy muddatda Sherobod tumanidagi “Xoʻjaikon tuz gʻori” negizida davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy sihatgoh tashkil qilish uchun salohiyatli investorni jalb qilib, 2021-yil yakuniga qadar foydalanishga topshirilishini taʼminlash vazifasi berilgan. Biroq shu kunga qadar topshiriq ijrosi sansanorlik bilan bajarilmay kelinmoqda.
Bundan tashqari, 2022-yil 1-martdagi PQ-144-sonli qarorga muvofiq 2022-yil yakuniga qadar viloyatda kamida 16 980 gektar, shu jumladan 12 300 gektar paxta homashyosi yetishtiriladigan maydonlarda tomchilatib sugʻorishni tashkil etishi belgilangan boʻlsada, mazkur topshiriq ijrosi shu kunga qadar bajarilmagan.
Tanqidiy oʻtgan muhokama yigʻilishida topshiriqlar ijrosini muddatida taʼminlamagan, ijro intizomini oʻz holiga tashlab qoʻyganligi, shuningdek, viloyat hokimining joylardagi oʻrganishlari natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha belgilangan topshiriqlar ijrosiga eʼtiborsizlik bilan qaraganligi uchun viloyat hokimining oʻrinbosarlari A.Xidirov, I.Saparov, U.Turopovga “xayfsan”, viloyat hokimining oʻrinbosari A.Oripovga ogohlantirish berildi.
Shuningdek, belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlamagan viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi va viloyat “Suvoqova” DUK rahbariga “xayfsan” intizomiy jazosi berish, Qumqoʻrgʻon tuman Elektr tarmoqlari korxonasi rahbarini lavozimidan ozod etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
“Ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlar muddati kelishidan 5 kun avval nazorat rejasi tizimga biriktirilib, ijroga qaratilishi, har bir topshiriq muddatidan 3 kun oldin bajarilib, tizimda nazoratdan yechilishi shartligi belgilandi.



