So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Braziliyada Kongress binosini bosib olgan 30 nafar namoyishchilar hibsga olindi
Braziliyaning amaldagi prezidenti fuqarolarning ushbu xatti-harakatini “varvarlik” deb taʼriflab, bosqinchilarga qonun doirasida chora koʻrilishiga vaʼda berdi.
Braziliya Oliy sudi sudyasi Kongress, Oliy sud va Planalto saroyini egallab olgan 30 nafar sobiq prezident Jair Bolsonaro tarafdorlarini hibsga olish boʻyicha hukm chiqardi. Bu haqda G1 portali xabar bermoqda.
“Sudya Aleksandr de Moraes jinoyat sodir etgan joyda qoʻlga olingan 30 nafar shaxsni hibsga olish boʻyicha hukm chiqardi”, — deyiladi xabarda.
Portal maʼlumotlariga koʻra, politsiya tomonidan qoʻlga olingan 150 nafar namoyishchilar ham hibsga olinishlari kutilmoqda.
Qayd etish joiz, namoyishchilar yanvar oyi boshida lavozimga kirishgan amaldagi prezident Luiz Inatsiu Lula da Silvaning isteʼfosini talab qilmoqda. U ikkinchi raundda Bolsonaroni kichik hisobda ortda qoldirib, gʻalaba qozondi.
Noyabr oyida Braziliya Oliy saylov sudi Bolsonaro partiyasining prezidentlik saylovlarida berilgan ovozlarning bir qismini bekor qilish haqidagi daʼvosini rad etdi.
San-Pauluda boʻlgan Braziliya prezidenti Luiz Inatsiu Lula da Silva matbuot anjumani chogʻida Braziliyadagi hukumat binolarining bosib olinishini vahshiylik deb atadi, poytaxtda tartibni tiklash uchun federal kuchlardan foydalanishni buyurdi va mahalliy jamoat xavfsizligi boshligʻini oʻrniga qoʻmondon tayinladi.
Lula da Silva tartibsizliklarni bartaraf etish uchun federal harbiy va huquq-tartibot kuchlarini yuborishni buyurdi. U fuqarolarning ushbu xatti-harakatini “varvarlik” deb taʼriflab, ishtirokchilar qonun doirasida toʻliq jazolanishiga vaʼda berdi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir