So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Fargʻonada transformator yonib ketdi. Vaziyatni viloyat HETK nazoratga oldi
Ayni vaqtda transformator punktida yuzaga kelgan yongʻin sabablari oʻrganilmoqda.
Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumanida transformator yonib ketdi, hozirda baxtsiz hodisa sabablari oʻrganilmoqda, deya xabar bermoqda Fargʻona HETK matbuot xizmati.
Maʼlum boʻlishicha, Qoʻshtepa tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan xizmat koʻrsatiluvchi Margʻilon shahrining “Orolboʻyi” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan 6 kVli “Kollej” elektr uzatish tarmogʻidagi 277A-sonli transformator punktida (Orolboʻyi hamda Oʻqchi mahallalarini ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi) joriy yilning 8-yanvar kuni soat 17-54da yongʻin yuzaga kelgan.
Yuzaga kelgan yongʻin Favqulodda vaziyatlar boʻlimining yongʻin-qutqaruv ekipaji tomonidan bartaraf etilgan. Yuzaga kelgan yongʻin oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yoʻq.
Hududga Qoʻshtepa tuman elektr taʼminoti korxonasining tezkor chiqish brigadalari tomonidan nosoz transformator punktini zaxira transformator punktiga almashtirish ishlariga kirishilgan.
Mazkur nosozlikni toʻliq bartaraf etish ishlari “Fargʻona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ rahbariyati tomonidan nazoratga olingan.
“Ayni vaqtda transformator punktida yuzaga kelgan yongʻin sabablari oʻrganilmoqda. Yuzaga kelgan yongʻin sababli mazkur hududdagi uzilish uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.
Olib borilayotgan amaliy ishlar yuzasidan OAV hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻshimcha maʼlumot beriladi”, — deyiladi xabarda.