So`ngi yangiliklar
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
“Kreditni nima maqsadda ishlatgan boʻlsangiz, joyiga qoʻyib qoʻying” — Qosimov oʻzi hokimlik qilgan tumanga bordi
Ulugʻbek Qosimov oʻzi hokimlik qilgan — Denov va Sariosiyo tumaniga borib, tanqidiy ruhda yigʻilish oʻtkazdi.
Surxondaryo viloyati hokimi Sariosiyo va Denov tumanlarida qishloq xoʻjaligi sohasida olib borilayotgan ishlarni muhokama qildi.
Viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov Sariosiyo tumaniga tashrifi doirasida qishloq xoʻjaligi sohasi masʼullari bilan uchrashib, tumanda olib borilayotgan ishlar, 2023-yil hosili uchun gʻalla parvarishida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni muhokama qildi.
Sariosiyo tumanida 2023-yil gʻalla hosili uchun 2,5 ming gektar maydonga urugʻ qadalgan boʻlib, shundan 158 gektari unib chiqmagan, 131 gektar maydonda urugʻ sifatsiz, kesakli va ajriqli maydonlarga ekilgan, agrotexnik tadbirlarning oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi natijasida 196 gektar maydondagi maysa rivojdan ortda qolgan.
Eng achinarlisi tumanda chigit qadash rejalashtirilgan 1,9 ming gektar maydonning 500 gektari oʻzboshimchalik bilan talon-taroj qilingan.
“Pulni beramiz, ammo texnikachilar hali ham solyarka yoʻqligini aytishmoqda. Biz qaysi zamon? Qaysi jamiyatda yashayapmiz?
Nechi milliard, nechi trillion kredit olib, nima maqsadda ishlatgan boʻlsangiz joyiga qoʻyib qoʻying. Pulni bering oʻgʻitni olib keling! Nega meni bergan topshirigʻim hali ham bajarilmagan?”, — deb savol berdi Qosimov masʼullardan biriga
Viloyat rahbari maydonlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish, talon-taroj qilingan yerlarni qaytarish, gʻalla parvarishi boʻyicha ishlarni tizimli olib borish boʻyicha masʼullarga tegishli koʻrsatmalarni berdi.
Shundan soʻng, viloyat rahbari qishloq xoʻjaligidagi ishlar muhokamasini Denov tumanida davom ettirdi. Denov tumanida ham bu borada masʼullar tomonidan bir qator xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlib, gʻallani oʻgʻitlash, sugʻorish ishlari oʻz vaqtida olib borilmagan.
Viloyat hokimi ikki tumanda ham sohada olib borilayotgan ishlar qoniqarsiz ekanligini, agrotexnik tadbirlar oʻz muddatida va sifatli bajarilmaganligini tanqid qildi. Viloyat shtabiga Sariosiyo va Denov tumanlarida olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib, nazoratga olish, qilingan ishlar Ishchi guruh tomonidan oʻrganib chiqilishini taʼminlash topshirigʻi berildi.