So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qoraqalpogʻistonda “Antiterror” tozalash tadbirlari oʻtkazildi
Qoraqalpogʻiston ichki ishlar vazirinining aytishicha, tadbir davomida qidiruvda yurgan 132 nafar shaxs qoʻlga olingan.
Qoraqalpogʻistonda oʻtkazilgan “Antiterror” tozalash tadbirlari doirasida 18 ming 200 obyekt hamda 89 ming xonadon jamoatchilik faollari bilan birga koʻzdan kechirilgan.
Qoraqalpogʻiston ichki ishlar vaziri Baxtiyar Torebekovning OʻzAga maʼlum qilishicha, tekshiruvlar tavomida qidiruvda yurgan 132 nafar shaxs topilib, ushlangan va tergov boʻlimlariga topshirilgan.
Bundan tashqari, olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida fuqarolar oʻz ixtiyori bilan 344 ov quroli, 170 oʻq-dorilarni ichki ishlar organlariga topshirgan. 12 nafar bedarak yoʻqolgan shaxs aniqlanib, ular oʻz uylariga qaytarilgan.
Oʻz navbatida, 57 mingdan ortiq huquqbuzarliklar aniqlanib, aybdorlar tegishli tartibda javobgarlikka tortilgan.