So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Andijonda gaz “zapravka” xodimlari haydovchini tayoq bilan kaltaklashdi
“Moskvich” haydovchisi gaz quyish shoxobchasi xodimlariga ikkita mashina navbatsiz kirib ketganidan soʻng, ularga eʼtiroz bildirgan.
Andijon viloyatining Baliqchi tumanida gaz quyish shoxobchasi xodimlari haydovchini kaltaklashdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, 2023-yil 5-yanvar kuni soat 09:55 larda fuqaro B.N Baliqchi tumani, Eskimarkaz MFY, Mukarram koʻchasida joylashgan “Farovonlik timsoli” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasiga “Moskvich” rusumli avtomashinasiga gaz quyish uchun kelib, navbat kutib turgan vaqtida, mazkur shoxobchada qorovul boʻlib ishlovchi D.T va S.D.lar boshqa 2 nafar haydovchini navbatsiz kiritib yuborganligi uchun oʻzaro janjal kelib chiqqan.
Janjal vaqtida D.T va S.D.lar fuqaro B.N.ning oyoq va bosh qismiga yogʻoch tayoq bilan urib, tan jarohat yetkazishgan.
Mazkur holat yuzasidan Baliqchi tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “B” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib,tergov harakatlari olib borilmoqda.