So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Ortiqxoʻjayev Toshkent shahrida har qanday yigʻilishlar oʻtkazishni taqiqladi
Toshkent shahar hokimi anomal sovuq munosabati bilan tegishli chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha bir nechta topshiriq berdi.

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev kutilayotgan anomal sovuq munosabati bilan tegishli chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha topshiriq berdi.
Unga koʻra, 9-yanvardan 18-yanvargacha poytaxtdagi hokimliklarda, boshqarmalar va ularning tuman boʻlimlarida har qanday majlislar (jumladan Zoom shaklida), tadbirlar, masʼullarni asosiy faoliyatidan chalgʻituvchi boshqa yigʻilishlarni oʻtkazish taqiqlanadi.
Shuningdek, koʻchada xizmat qilayotgan yoʻl harakati xavfsizligi xizmati va obodonlashtirish xodimlarini issiq choy va yegulik, ixcham termos idishlari bilan taʼminlanadi.
Bundan tashqari Toshkent shahar hokimi:
— qolipli non ishlab chiqaruvchilarga gaz va elektr energiyasi uzluksiz yetkazib berilishini nazoratga olish;
— oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi korxonalarning uzluksiz ishlashini taʼminlash;
— shahar jamoat transportining tizimli ishlashi choralarini koʻrish;
— markaziy va ichki yoʻllarni tezkorlik bilan qor va muzlamalardan tozalashni tashkil qilish;
— boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan koʻp qavatli uylar yoʻlaklarini qor va muzlamalardan oʻz vaqtida tozalashni taʼminlash;
— elektr tizimida avariyalarni tezkor bartaraf etish;
— tugʻruqxonalar, shifoxonalar, muruvvat va mehribonlik uylarining issiqlik taʼminotini alohida nazoratga olish, ulardagi mavjud elektr generatorlarini yoqilgʻi bilan taʼminlash, toʻxtovsiz ishlashi uchun shay holatga keltirish;
— favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan 2 kun muddatda jamoat joylarida yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qayta koʻrik-nazorat tadbirlarini oʻtkazilishini taʼminlash;
— aholini jamoat transportidan foydalanishiga keng imkoniyatlar yaratish va imkon qadar shaxsiy transport vositasidan foydalanmaslikni tavsiya etish;
— navbatchilik, shtablar va call-markazlar faoliyatidagi aloqa telefonlarining uzluksiz ishlashini nazoratga olish;
— 2 kun muddatda 103 tez tibbiy yordam mashinalarini tibbiy anjom va dori vositalari bilan taʼminlanganlik darajasini koʻzdan kechirib, yetishmovchiliklarni toʻldirish;
— koʻchada xizmat qilayotgan yoʻl harakati xavfsizligi xizmati va obodonlashtirish xodimlarini issiq choy va yegulik, ixcham termos idishlari bilan taʼminlashni topshiriq berdi.



