So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyodagi eng qudratli armiya deb topildi
Oʻzbekiston 145 mamlakat armiyasi ichida 62 oʻrinni egalladi. Bu Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yaxshi natijadir.

2023-yilda Global Firepower reytingiga koʻra, Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyodagi eng qudratli armiya deb topildi.
Reytingga koʻra, AQSH armiyasi dunyodagi eng kuchli deb topildi, Butan esa oxirgi oʻrinni egalladi. Oʻzbekiston esa 1.0692 indeks bilan 62 oʻrindan joy oldi.
Hozirda oʻzaro urashayotgan davlatlar — Rossiya (0,0714 indeks) dunyo boʻyicha ikkinchi oʻrinda, Ukraina esa (0,2516) 15 oʻrinni egalladi.
Markaziy Osiyo davlatlarining oʻzlari, xususan, Qirgʻiziston va Tojikiston oʻrtasida chegaradagi keskinlik hamon mavjud. Shu bois, Global Firepower Markaziy Osiyo davlatlarining harbiy qudratini qayta koʻrib chiqishga qaror qildi.
Unga koʻra:
1. Oʻzbekiston — 62 oʻrin (1.0692 indeks)
2. Qozogʻiston — 63 oʻrin (1.0873 indeks)
3. Turkmaniston — 82 oʻrin (1.5986 indeks)
4. Qirgʻiziston — 107 oʻrin (2.1073 indeks)
5. Afgʻoniston — 114 oʻrin (2.3118 indeks)
6. Tojikiston — 120 oʻrin (2.6403 indeks)
Bugungi kunda Qozogʻiston mintaqadagi eng katta mudofaa byudjetiga ega – taxminan 2,6 milliard AQSH dollari. Garchi Oʻzbekiston mudofaaga kamroq sarmoya kiritgan boʻlsa-da, eng yuqori natijalarni koʻrsatmoqda. Uning mudofaa byudjeti 692,5 mln dollarga baholanmoqda.
Tojikiston, Qirgʻiziston va Turkmanistonda qurolli kuchlarni saqlash uchun mos ravishda 407 million, 116 million va 90 million AQSH dollari ajratilgan. Afgʻonistonning mudofaa byudjeti esa 49 millioni tashkil qiladi
Global Firepower — har bir davlatning quruqlikda, dengizda va havoda jangovar operatsiyalarni anʼanaviy vositalar yordamida oʻtkazish salohiyatini baholaydi.
Ushbu tashkilot indeks moliyaviy koʻrsatkichlardan tortib logistika imkoniyatlari va geografiyasigacha boʻlgan 50 dan ortiq individual omillardan foydalanadi.
Indeks qanchalik past boʻlsa, mamlakatning nazariy jangovar salohiyati shunchalik kuchli boʻladi. Reytingda yadro qurollari hisobga olinmaydi, faqat oddiy qurollar hisobga olingan.



