So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Manzil-koloniyasidan qochgan mahkumlar Andijonda ushlandi
Holat yuzasidan tekshiruv tayinlangan, jazoni ijro etish muassasasini ruxsatsiz tark etgan mahkumlarning harakatlariga huquqiy baho beriladi.
Joriy yilning 4-yanvar kuni Jizzax viloyati Zafarobod tumanida joylashgan 30-son jazoni ijro etish manzil-koloniyasida jazo muddatini oʻtab kelayotgan mahkumlar N.M. va K.A.lar, kechki yoʻriqnomaga kelmaganliklari va maʼmuriyatning ruxsatisiz muassasa hududini tark etganliklari haqida xabar berilgan edi.
IIV JIED axborot xizmatining maʼlum qilishicha, koloniyadan qochib, nomaʼlum tomonga ketgan mahkumlar ushlangan. Amalga oshirilgan tezkor-qidiruv tadbirlari jarayonida joriy yilning 5 dan 6-yanvarga oʻtar kechasi mahkumlar N.M. va K.A. Andijon viloyatining chegara hududlaridan birida jamoatchilik yordamida qoʻlga olinib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.
Holat yuzasidan tekshiruv tayinlangan boʻlib, jazoni ijro etish muassasasini ruxsatsiz tark etgan mahkumlarning harakatlariga huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.
Qoʻshimcha kilinishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 114-moddasiga koʻra jazoni ijro etish muassasasi hisoblangan manzil-koloniyalarda jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar koloniya hududi doirasida soqchisiz, erkin yurish, ishlash, maʼmuriyatning ruxsati bilan koloniya hududidan tashqarida nazoratsiz harakatlanish huquqidan foydalanadilar.
Belgilangan tartibni buzgan mahkumlar qatʼiy nazorat ostiga, yaʼni ilgari jazo muddatini oʻtagan umumiy, qattiq yoki maxsus tartibli koloniyalarga qaytariladilar.