So`ngi yangiliklar
Qozog‘istondagi portlashda uch nafar o‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘ldi
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Vaziyat jiddiy. Ukrainada bir kechaning oʻzida ikkinchi marta havo hujumidan ogohlantirish eʼlon qilindi
Rossiya Qurolli Kuchlarining Ukraina infratuzilmalariga hujumlari 10-oktyabr kuni – Qrim koʻprigida sodir etilgan teraktdan ikki kun oʻtib boshlangan edi.

Kecha, 5-yanvar kuni tunda Ukrainaning qator hududlarida bir kechaning oʻzida ikkinchi marta havo hujumi haqida ogohlantirish eʼlon qilingan. Bu haqda RIA Novosti nashri Ukraina Raqamli transformatsiya vazirligi tarqatgan maʼlumotlarga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, ogohlantirish signali Poltava, Xarkov, Dnepropetrovsk, shuningdek, Zaporojye viloyati va Kiyev nazoratidagi DXRning ayrim hududlarida yangragan. Bugun ertalabdan Sumsk viloyati aholisi ham signal tovushlari ostida tongni qarshi oldi.
Bugungi kunda Ukraina bir qator ijtimoiy infratuzilmalar qatorida energetika tizimida juda katta yoʻqotishlarga uchradi. Maʼlum boʻlishicha, hozirga kelib mamlakat energetika tizimining deyarli yarmi ishdan chiqqan.
Dekabr oyida mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina energetika tizimini endi toʻliq tiklashning iloji yoʻqligi haqida gapirgan edi. Bunga oʻtgan yilning 15-noyabrida mamlakat boʻylab energetika tizimi xodimlarining ommaviy ish tashlashlari ham taʼsir koʻrsatgan.
Maʼlumot uchun, Rossiya Qurolli Kuchlarining Ukraina infratuzilmalariga hujumlari 10-oktyabr kuni – Qrim koʻprigida sodir etilgan teraktdan ikki kun oʻtib boshlangan edi.
Rossiya rasmiylari ushbu terakt ortida Ukraina maxsus xizmatlari turganligini aytib chiqqan va butun Ukraina boʻylab energetika, mudofaa sanoati, harbiy qoʻmondonlik va aloqa obyektlariga havo zarbalarini berishni boshlagandi.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sergey Shoyguga 6-yanvar soat 12:00 dan 7-yanvar 24:00 ga qadar butun kontakt chizigʻi boʻylab oʻt ochishni toʻxtatish rejimini joriy etishni buyurgan edi.



