So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Yangiyoʻldagi AGTKSH qariyb 11 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani tasdiqlandi” — Energetika vazirligi
Viloyat prokuraturasi tomonidan mazkur shoxobcha va “Oʻztransgaz” AJ hududiy boshqarmasi masʼullariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Joriy yilning 3-yanvar kuni oʻtkazilgan nazorat tadbirida Yangiyoʻl tumanida joylashgan “Hamkor gaz servis” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasi tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan edi.
Maʼlum boʻlishicha, mazkur AGTKSH belgilangan oʻchirish grafigiga rioya etmagan holda faoliyat koʻrsatayotganligi hamda shoxobchaning gaz hisoblash uskunasiga tashqi taʼsir koʻrsatilganligi, yaʼni shoxobcha faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsada uskuna ishlamayotganligi (koʻrsatkichlari “0” holatda ekanligi) aniqlangan edi.
Oʻtkazilgan ekspertiza natijasiga koʻra, shoxobchaning gaz hisoblash uskunasiga koʻrsatkichlarni oʻzgartirish maqsadida tashqi taʼsir koʻrsatilganligi oʻz tasdigʻini topdi.
Unga koʻra, shoxobcha 2022-yilning avgust oyidan 2023-yilning 3-yanvar kuniga qadar 10 mlrd 791 mln soʻmlik jami 11 mln metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanb kelgani maʼlum boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, viloyat prokuraturasi tomonidan mazkur shoxobcha va “Oʻztransgaz” AJ hududiy boshqarmasi masʼullariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.