So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekiston TIV “Tolibon”ning ayollarga qoʻygan taqiqi yuzasidan bayonot berdi
“Tolibon” hukumatining ushbu qaroridan soʻng, mamlakatda koʻplab norozichilik namoyishlari boʻlib oʻtdi.
“Tolibon” muvaqat hukumati mamlakatdagi qizlarga oliy oʻquv yurtlarida tahsil olishni taqiqladi. Tashqi ishlar vazirligi “Tolibon”ning mazkur qarori yuzasidan bayonot berdi.
“Afgʻonistonda xotin-qizlarning davlat va xususiy oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olishiga taqiq qoʻyilgani toʻgʻrisidagi xabarni chuqur tashvish bilan qabul qildik.
Afgʻon xalqining tinch va farovon kelajakni barpo etish yoʻlidagi intilishlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qatʼiyat belgisi sifatida ushbu qaror qayta koʻrib chiqilishiga umid (https://mfa.uz/33106) qilamiz”, — deyiladi bayonotda.
“Tolibon” qaroriga koʻra, qizlarning oliy taʼlim olishi taqiqlandi. Buyruqda uni imkon qadar tezroq qoʻllash va koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida vazirlikka maʼlum qilish zarurligi taʼkidlangan.
“Tolibon” hukumatining ushbu qaroridan soʻng, mamlakatda koʻplab norozichilik namoyishlari boʻlib oʻtdi. Biroq afgʻonlarning yangi hukumati oʻz qarorida sobit qolmoqda.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir