So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Navoiydagi "Dara" qishlog‘i turizm qishlog‘iga aylantirilmoqda
Bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2022-yil 19-sentyabr kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishining 68-sonli bayoniga asosan amalga oshirilmoqda.
Navoiy viloyati, Nurota tumanida joylashgan “Dara” qishlogʻi turizm qishlogʻiga aylantirilmoqda, deya xabar bermoqda Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati.
Ayni damda Navoiy viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi tomonidan qator ishlar qilinmoqda. Jumladan, “Dara” qishlogʻida 3 ta oilaviy mehmon uyi, 5 ta gastronomik xonadon, 2 ta qadimiy uy va qadimiy buyumlar saqlanuvchi uy muzeylari, shuningdek, 2 ta hunarmand (uy) ustaxonalari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Shu bilan birga, mazkur mahallada qoʻshimcha turizm turlari va xizmatlarini rivojlantirish maqsadida 2 ta sport va sayr xizmati, 3 ta ovqatlanish shoxobchasi, 8 ta savdo nuqtasi ham tashkil etildi.
Bundan tashqari, 2023–2024-yillarda “Dara” qishlogʻida 3 ta selfi hududi, 1 ta osma koʻprik, 2 ta avtoturargoh, 30 ta dam olish hududi va 2 ta hojatxona qurilishi rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq turistlarga qulaylik yaratish maqsadida Navoiydagi boshqa bir turizm qishlogʻi — Sentobga olib boradigan yoʻllar taʼmirlangandi.