So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Rashid Qodirov afv etilgani maʼlum boʻldi
Qodirov 2017-yil hibsga olinib, 2019-yilda 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgandi.
2000—2015-yillarda Oʻzbekiston bosh prokurori sifatida ishlagan Rashidjon Qodirov ozodlikka chiqarilgani haqida xabar bergan edik.
“Media24uz” Telegram kanalining maʼlum qilishicha, Qodirov sogʻligʻidagi muammolar tufayli Konstitutsiya bayrami arafasida afv etilgan.
Qayd etish kerak, Konstitutsiya bayrami munosabati bilan Oʻzbekistondagi eng katta afv eʼlon qilingan edi (402 mahbus ozod etilgan).
Eslatib oʻtamiz, Rashidjon Qodirov (Jinoyat kodeksi 210-moddasi 3-qismining “a” bandi), pora berishga dalolat qilish (JK 28,211-moddasi 3-qismining “a” bandi), firibgarlik (JK 168-moddasi 3-qismining “a” bandi), soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash (JK 184-moddasining 3-qismi), tergov qilishga va sud ishlarini hal etishga aralashish (JK 236-moddasining 2-qismi), jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish (JKning 243-moddasi) kabi, hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi bir qator ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilgan.
Sudning hukmi bilan aybli deb topilgan jinoyatlari uchun Rashidjon Qodirovga, JK 50-moddasining 6-qismi tartibida 10 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 500 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan edi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir