So`ngi yangiliklar
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Asossiz tekshiruvlarni cheklaydigan yangi tartiblar joriy etildi
O‘zbekistonda IELTS 9 ball olgan abituriyentlar soni 5 yilda 47 barobarga oshdi
Toshkentda “Dok-1 Maks” dorisidan zaharlangan bola vafot etdimi?
Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filialiga “Dok-1 Maks” siropi isteʼmoli natijasida zaharlanish belgilari bilan 9 nafar bola olib kelingan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatida (Oʻrtasaroyda) “Dok-1 Maks” dori vositasini isteʼmol qilgan 2 yoshli bola vafot etgani toʻgʻrisida xabar tarqaldi. Ushbu xabar yuzasidan Toshkent viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi munosabat bildirdi.
Maʼlum boʻlishicha, hozirgi kungacha Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filialiga “Dok-1 Maks” siropi isteʼmoli natijasida zaharlanish belgilari bilan 9 nafar bola olib kelingan.
Ulardan 5 nafari sogʻayib, uyiga qaytarildi, 4 nafarining ahvoli esa barqaror holatda, ularga tegishli standartlar asosida muolajalar davom ettirilmoqda.
Toshkent viloyatidagi sogʻliqni saqlash muassasalarida shu paytgacha “Dok-1 maks” preparatidan zaharlanish tufayli oʻlim holati kuzatilmagan.
“Hozirda hududlardagi barcha dorixonalarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari va tuman-shahar tibbiyot birlashmalari xodimlari tomonidan oʻrganish olib borilib, “Quramax” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalari yigʻishtirib olingan.
Aholi orasida dori-darmonlarni shifokor koʻrsatmasisiz, palapartish isteʼmol qilishning salbiy oqibatlari boʻyicha shifokor va patronaj hamshiralari tomonidan uyma-uy yurib, tushuntirish olib borilmoqda. Bu jarayonda xonadonlardagi shaxsiy dori qutilari ham koʻzdan kechirilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Samarqandda 18 nafar bola siropni qabul qilganidan soʻng, Qashqadaryoda 1 nafar, Fargʻonada bir nafar bola vafot etdi. Sirdaryo viloyatida 7 nafar bola siropdan zaharlangan. Shundan soʻng, Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Oʻzbekistonda “Quramax” dori vositalari sotilishini toʻxtatish boʻyicha koʻrsatma berdi.