So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Rossiyalik 61 yoshli changʻichi Chimyondagi qor koʻchkisida halok boʻldi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini xavfsizlik qoidalariga rioya qilishga, taqiqlangan hududlarda changʻi uchmaslikka va ehtiyotkorlik choralarini koʻrishga chaqirmoqda.
Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanining togʻli hududida bir nafar chet el fuqarosi qor koʻchkisi sabab vafot etdi. Bu haqda FVV maʼlum qilmoqda.
Maʼlum qilinishicha, 2023-yil 4-yanvar kuni soat 13:20 larda Boʻstonliq tumani Chimyon togʻ yonbagʻirlariga dam olish va changʻi uchish maqsadida chiqqan 61 yoshli Rossiya Federatsiyasi fuqarosi qor koʻchkisi xavfi toʻgʻrisidagi ogohlantirishlarga qaramay, taqiqlangan hududda changʻi uchib, qor koʻchkisi xavfini yuzaga keltirgan va qor uyumlari ostida qolib halok boʻlgan.
Zudlik bilan hodisa joyiga Toshkent viloyati FVB Boʻstonliq tumani Ixtisoslashgan koʻp tarmoqli boshqarmasi Chimyon qutqaruv otryadi qutqaruvchilari yetib borgan. Olib borilgan qidiruv ishlari davomida changʻi uchuvchisining jasadi qor uyumlari ostidan chiqarib olingan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini xavfsizlik qoidalariga rioya qilishga, taqiqlangan hududlarda changʻi uchmaslikka va ehtiyotkorlik choralarini koʻrishga chaqirmoqda.