So`ngi yangiliklar
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti endilikda O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb nomlanadi
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Buxoroda ikki nafar ayol oʻz joniga qasd qildi
Peshku tumanida turmushga chiqmagan qiz hech qanday sababsiz oʻz joniga qasd qilgan, yana bir yosh kelin esa turmush oʻrtogʻiga bir necha marotaba yashagisi kelmayotganini aytgan va yakunda molxonaga oʻzini osib, oʻldirgan.

Buxoro viloyatining Peshku tumani turli mahallalarida yashovchi ikki ayol oʻz joniga qasd qildi. Bu haqda Xabar,uz maʼlum qildi.
Xabarga koʻra, ulardan biri hali turmushga chiqmagan 25 yoshli S.R. boʻlib, 1-yanvar kuni tongda oʻzini osib, joniga qasd qilgan.
“Oilaning toʻngʻich farzandi, yaʼni S.R.ning akasi bir necha kun ilgari Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan ayblanib, uch yil qamoq muddatini oʻtab qaytgandi. Singlisining oʻlimidan bir kungina ilgari uning oila aʼzolari va akasi bilan suhbatlashib qaytgandik. Oila tinch, janjalkash emas. Achinarlisi, qizning oʻz joniga qasd qilishi uchun oilada biror sabab boʻlmagan”,— degan qiz yashagan mahalla raisi.
MFY raisining aytishicha, 2022-yilning boshida tuman hokimi tomonidan S.R.ga oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻyishi uchun tikuv mashinasi berilgan.
Bundan tashqari, 3 sotxli yer maydonida issiqxona tashkil qilib berilgan, buning natijasida u qishloqning 10-15 nafar xotin-qizlarini ham ish bilan taʼminlagan. U nega oʻz joniga qasd qilgani nomaʼlum boʻlib qolmoqda.
Oʻz joniga qasd qilgan ikkinchi ayol D.M. 2019-yilda “Peshku” mahallasiga tumanning “Navbahor” mahallasidan kelin boʻlib tushgan. Uch yoshli bir nafar oʻgʻil farzandi bor. Mahalla raisi yordamchisi Mayram Shodiyevaning soʻziga koʻra, D.M. kelin boʻlib tushgan xonadonda uch ovsin bir hovlida yashab keladi. Ahil va oʻziga toʻq oilada oʻzaro kelishmovchilik boʻlib turgandir, ammo mahallada hech qachon gap-soʻzlari chiqmagan.
Maʼlum boʻlishicha, 2022-yilning 30-dekabrida D.M. turmush oʻrtogʻi bilan Peshku tuman markazidagi kiyim bozoriga borgan.
Turmush oʻrtogʻining bir necha marotaba ogohlantirishiga qaramay, D.M. bozorda ancha vaqt qolib ketgani sabab tanbeh eshitgan va oʻrtalarida tortishuv kelib chiqqan.
31-dekabr kuni D.M.ning qaynona-qaynotasi hamda uning turmush oʻrtogʻi bayram dasturxoni uchun mahsulotlar sotib olish maqsadida dehqon bozoriga ketgan. Hovlida D.M. farzandlar va uch ovsini bilan qolgan. Har uchala ovsin bayramga tayyorgarlik ishlari bilan band boʻlgan.
Shu orada D.M. molxonaga chiqib ketgan va qaytib kelmagan. Uning qolib ketganidan xavotirga tushgan ovsinlar D.M.ning ortidan molxonaga borgan va dahshatli voqeaga guvoh boʻlgan.
“D.M.ning eri bilan suhbat chogʻimizda, yosh kelin turmush oʻrtogʻining Rossiyada ishlab yurgan kezlarida ham u bilan telefon orqali suhbati davomida bir necha marotaba yashagisi kelmayotgani, oʻzini oʻldirishini bildirgan ekan.
Qizining bunday gaplaridan D.M.ning onasining ham xabari boʻlgan va bunday sovuq gaplarni aytmaslikka daʼvat etib kelgan. Afsuski, qiz asabiy holatda aytayotgan boʻlishi mumkin, deya oʻylab, eʼtibor qaratmay kelishgan. Bu koʻpchilikda uchrashi mumkin boʻlgan ruhiy holatdir balki..
.”, — degan mahalla raisi yordamchisi Mayram Shodiyeva.
Buxoro viloyati prokuraturasi masʼul xodimining bildirishicha, har ikki holat yuzasidan ham Peshku tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.



