So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Andijonda 11 sinf oʻquvchisi ijaraga olingan “Spark”ʻda 4 nafar sinfdoshi bilan YTHga uchradi
Avtohalokatning kelib chiqishiga oiladagi muhit ham sabab boʻlgan, deydi YHXB matbuot guruhi katta inspektori.
Andijon viloyatida voyaga yetmagan bola maktabdoshlari bilan hech qanday hujjatlarsiz avtomobil boshqarib, yoʻl-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda Sevimli telekananalining Zamon dasturida xabar qilindi.
Maʼlum boʻlishicha, 17 yoshli bola toʻrt nafar sinfdoshi bilan Spark mashinasini ijaraga olib, boshqaruvni yoʻqotgan va yoʻl chetida toʻxtab turgan yuk mashinasiga borib urilgan.
Oqibatda oʻquvchilardan biri koʻkrak qafasi ezilishi va bosh miya chanoq qismi yopiq sinishi jarohati bilan shifoxonada vafot etgan. Qolgan bolalar ham kasalxonada ogʻir ahvolda qolmoqda.
“YTH sodir etgan oʻquvchining oilaviy sharoitini oʻrganganimizda ota-onasi chet davlatga ishlagani ketgan, u esa buvisining qaramogʻida boʻlgan. Avtohalokatning kelib chiqishiga oiladagi muhit ham sabab boʻlgan”, — dedi viloyat YHXB matbuot guruhi katta inspektori Diyorbek Abdurazzoqov.