So`ngi yangiliklar
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
“22-zona”da oʻtirgan sobiq Bosh prokuror ozodlikka chiqqani aytilmoqda
2000—2015-yillarda Oʻzbekiston bosh prokurori sifatida ishlagan Rashidjon Qodirov 2019-yil iyunida bir qator ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarda ayblanib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.
Sobiq Bosh prokuror Rashidjon Qodirov ozodlikka chiqqanligi aytilmoqda. Bu haqda “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov Facebookʻdagi sahifasida maʼlum qildi.
“Vaqt yugurik, yelday uchadi. 3,5 yil avval ayni saratonda olamshumul jinoyatlari uchun 10 yilga qamalgan sobiq mulozim ozodlikka chiqibdi!
Bular u kishining uyini jinoiy daromaddan topilgan sanab, 10 milliard boshlangʻich narx bilan savdoga qoʻyishgandi. Endi nima boʻladi, janob qishning qahratonida qayerdan boshpana toparkin!? Ishqilib, qiynalib qolmasin!
U kishining qilmishi haqida film qilinadi, deyishgandi. Rejissyorlarimizning dangasaligi tufayli bundan ham bebahra qoldi xalq”, — deb yozdi Tashanov.
Qayd etish joiz, 2000—2015-yillarda Oʻzbekiston bosh prokurori lavozimida faoliyat koʻrsatib kelgan Rashidjon Qodirov (Jinoyat kodeksi 210-moddasi 3-qismining “a” bandi), pora berishga dalolat qilish (JK 28,211-moddasi 3-qismining “a” bandi), firibgarlik (JK 168-moddasi 3-qismining “a” bandi), soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash (JK 184-moddasining 3-qismi), tergov qilishga va sud ishlarini hal etishga aralashish (JK 236-moddasining 2-qismi), jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish (JKning 243-moddasi) kabi, hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi bir qator ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilgan.
Sudning hukmi bilan aybli deb topilgan jinoyatlari uchun Rashidjon Qodirovga, JK 50-moddasining 6-qismi tartibida 10 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 500 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan edi.
Rashidjon Qodirov — Oʻzbekistondagi eng qudratli va sirli shaxslardan biri boʻlgan. U 1952-yilning 23-fevralida oʻsha paytda Namangan viloyatiga qarashli boʻlgan Baliqchi tumanida tugʻilgan. Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti)ning huquqshunoslik fakultetini tamomlagan.
Faoliyatini 1975-yilda Andijon viloyati prokuraturasi tergovchiligidan boshlagan. 1980—1991-yillarda Oʻzbekiston SSR Davlat xavfsizlik qoʻmitasi tergov boshqarmasida turli lavozimlarda ishlagan. 1992—1994-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari boʻlgan.
1994-yili u respublika Bosh prokurorining oʻrinbosari etib tayinlangan. 2000-yilning fevralida esa Bosh prokurorlik kursisini egallagan. Shundan soʻng u uch marta, yaʼni 2005, 2010, 2015-yillarda besh yillik muddatga ushbu lavozimga qayta tayinlangan.
2015-yilning boshida 4-muddatga Bosh prokurorlikka qayta tayinlangan Rashidjon Qodirov oʻsha yilning 21-aprelida ushbu lavozimdan ozod qilingan edi.
Uni lavozimdan ozod qilish haqidagi Prezident farmonida oʻzgarish sababi Rashidjon Qodirovning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugagani va uning boshqa ishga oʻtayotgani deya koʻrsatilgan edi.
Oʻshanda uning oʻrnini Ixtiyor Abdullayev egallagandi. Eʼtiborli jihati, yangi Bosh prokurorni jamoaga oʻsha paytdagi Oʻzbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev tanishtirgan edi.
2015-yilning 16-may kuni Rashidjon Qodirov Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion sudi sudyasi etib tayinlangan edi. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ikkinchi yalpi majlisi tomonidan qabul qilingandi.
Biroq Oliy Majlis Senatining 2017-yilning avgustidagi yalpi majlisida Konstitutsiyaviy sud aʼzolari qayta tayinlanganda Rashidjon Qodirov ushbu lavozimdan mahrum boʻlgan edi.
2017-yilning 2-avgust kuni oʻtkazgan videoselektor yigʻilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev prokurorlarni qattiq tanqid qilgan, prokuratura tizimi izdan chiqib ketgani, korrupsiya botqogʻiga botgani, prokurorlarning odamlarni mensimay qoʻygani, oyogʻi yerdan uzilganini aytib oʻtgan va bularning barchasida ismini aytmasa-da, avvalgi Bosh prokurorni ayblagan edi.
“Mana, biz yangi Bosh prokurorni qoʻydik va 80 foiz odamni oʻzgartirdik. Oldingi qolgan axlatdan, oldingi Bosh prokuror qoldirgan oʻgʻri tizimdan 20-15 foiz odamlar yuripti. Bularni baribir oʻzgartiramiz oxirigacha”, —degan edi davlat rahbari.
Eslatib oʻtamiz, Tashanov 2021-yil 22 sonli koloniyada Oʻzbekistonning ikki sobiq bosh prokurori — Rashidjon Qodirov va Ixtiyor Abdullayev bilan boʻlgan uchrashgani haqida yozgan edi.
“Sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirov hozirda tikuv sexida ishlamoqda. Uning qoʻlidan chiqqan guldor matolardan tikilgan bejirim ayollar koʻylagi, lozimi va boshqa ashyolar koʻzni quvontiradi”, — deya yozgan edi Tashanov.