So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qashqadaryoda shifoxona portladi. Abdulla Oripovning singlisi portlashda halok boʻldi
Portlash oqibatida shifoxonada davolanayotgan 2 nafar bemor kuyish tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi Qashqadaryo filialiga yotqizilgan. Ammo...
Qashqadaryo viloyati salomatlikni tiklash shifoxonasi joriy yilning 24-dekabr kuni tongda portlab ketdi.
Nasafnewsʻga koʻra, shifoxonada gaz bosimi ortib, chaqnash yuzaga kelgan. Voqea oqibatida shifoxonaning ikkinchi qavati toʻliq zararlangan.
Portlash oqibatida shifoxonada davolanayotgan 2 nafar bemor kuyish tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi Qashqadaryo filialiga yotqizilgan.

Ulardan biri marhum atoqli shoir Abdulla Oripovning singlisi 74 yoshli Oysara Ubaydullayeva ekani maʼlum boʻldi. Oysara Ubaydullayeva 2022-yil 30-dekabr kuni 80 foiz kuyish tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etdi.

Maʼlum boʻlishicha, Ubaydullayeva portlashdan oldin shifoxonada turmush oʻrtogʻi bilan davolanayotgan boʻlgan. Hozirda marhumaning turmush oʻrtogʻi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi Qashqadaryo filialida davolanmoqda.
Marhumaning qizi shifoxonadagi portlash loqaydlik tufayli yuzaga kelganini aytdi.
“23-dekabr kuni ota-onamni shifonoga joylashtirdik. Ikkovilari ham Yangi yilni yaxshi kayfiyatda kutib olaylik, deb chiqib ketishgan edi. Oʻsha kuni bosh vrach xonalari sovuq ekanligi uchun, “Hududgaz”dan xodimlarni chaqirgan.
Xodimlar kuchli bosimda gaz haydagan, trubalar chirib ketganligi tufayli, gaz sizib chiqqan. Gaz hidi butun bino boʻylab tarqalgan.Ular buni bilishgan, lekin buni bartaraf qilishmagan, loqaydlik qilishgan. Otam turib, chiroqni yoqqanlar, shundan soʻng portlash sodir boʻlgan”, - deydi u.
Nasafnewsʻga intervyu bergan shifoxona xodimlarining aytishicha, 54 nafar xodimning ish haqi 2022-yil sentyabr oyidan buyon berilmaydi.
“Portlash boʻlgandan keyin telefonlarimizni olib qoʻyishdi, hech kimga murojaat qilishga qoʻyishmadi. 64 nafar xodim ishsiz qolyapti, hech kim bizni ish bilan taʼminlaymiz degani yoʻq.
Kimga murojaat qilishni ham bilmaymiz. Biz aprel oyidan buyon maoshimiz toʻlab berilmayotganligi tufayli murojaat qilyapmiz. Shifoxonada kasal bor edi. Endi nima qilamiz? Buxgalterdan maoshimizni soʻrasak, “hisoblaringlarda pul yoʻq” dedi”, — deydi xodimlardan biri.
Ushbu holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB rasmiy munosabat bildirdi.
“2022-yil 24-dekabr taxminan soat 07:00 larda Qarshi shahar IIO FMB 4-sonli IIB navbatchilik qismiga Qarshi shahar “Ravoq” mahallasida joylashgan viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasiga qarashli salomatlikni tiklash shifoxonasi ikkinchi qavatidagi xonalardan birida chaqnash sodir boʻlgani haqida xabar kelib tushgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 259-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, – deyiladi xabarda.