So`ngi yangiliklar
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti endilikda O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb nomlanadi
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
“2022-yilda Ukraina dunyoni oʻzgartirdi va dunyo Ukrainani kashf etdi” — Zelenskiy
Rossiya bilan davom etayotgan mojaro fonida Ukraina yangi yilni harbiy toʻqnashuvlar soyasida kutib oldi.

2022-yilda Ukraina dunyoni oʻzgartirdi va dunyo Ukrainani kashf etdi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Telegramʻda eʼlon qilingan yangi yil videomurojaatida aytiladi.
Ukraina davlati rahbari Rossiya bilan ziddiyat 2022-yil 24-fevraldan beri davom etayotganini eslatdi – 311 kundan beri Ukraina oʻz yerlarini ozod qilish uchun kurashmoqda.
“24-fevral kuni biz oʻz gʻalabamizni yaratishga kirishdik. 311 kundan beri biz dushmanlarga qarshi kurashib kelmoqdamiz”, — dedi Ukraina rahbari.
Zelenskiy kelgusi 2023-yilda Ukraina gʻalaba sari dadil harakat qilishda davom etishini taʼkidladi.
“2022-yilda Ukraina dunyoni oʻzgartirdi va dunyo Ukrainani kashf etdi. Bizga taslim boʻlishni va murosa qilish kerakligini aytishdi. Biz esa qarshi hujumni tanladik. Maqsadimiz Yevropa Ittifoqi va NATOga qoʻshilish”, — dedi Vladimir Zelenskiy.
Ukraina Yangi yilni harbiy mojaro soyasida nishonladi
Rossiya bilan davom etayotgan mojaro fonida Ukraina yangi yilni harbiy toʻqnashuvlar soyasida kutib oldi. 2022-yilning oxirgi kuni, 31-dekabr kuni Rossiya armiyasining Kiyevga raketa hujumlari natijasida bir kishi halok boʻldi, 20 kishi yaralandi.
Shaharning bir qator tumanlarida fuqarolik infratuzilmasiga jiddiy zarar yetkazgan hujumlar tufayli Kiyevda kun boʻyi sirenalar yangradi.
Kiyev aholisi xavfsizlik nuqtayi nazaridan kunning asosiy qismini turli boshpanalarda, metro bekatlarida va yer osti yoʻlaklarida oʻtkazgan.
Kiyevda Yangi yil arafasida katta tantanalar oʻtkazilmadi
Bu yil Kiyevda Yangi yil arafasida keng koʻlamli tantanalar oʻtkazilmadi. Yangi yilni anʼanaviy tarzda konsertlar, turli koʻngilochar dasturlar va feyerverklar bilan nishonlaydigan Kiyev markazida bu yil harbiy toʻqnashuv tufayli yangi yil bayramida bunday dasturlar oʻtkazilmadi.
Hatto Rossiya armiyasining oʻqqa tutilishi oqibatida energetika infratuzilmasi jiddiy zarar koʻrgan Kiyevdagi bosh archa ham generator yordamida yoritilgan. Yangi yil arafasida shaharning ayrim koʻchalari zulmatda qoldi.
Poytaxtning koʻplab aholisi tunda Sofiyskaya maydoniga oʻrnatilgan archa tomosha qilish uchun kelishdi va musiqachilar koʻchalarda mini-konsertlar uyushtirishdi. Kiyevda boshqa kunlardagi kabi Yangi yil arafasida ham komendantlik soati 23:00 dan 05:00 gacha davom etdi.



