So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Namangandagi xonadonda sodir boʻlgan yongʻin oqibatida 25 yoshli nogiron qiz halok boʻldi
Namangan shahridagi xonadonlarning birida sodir boʻlgan yongʻin oqibatida 1 guruh nogironi boʻlgan qiz halok boʻldi. Bu haqda viloyat FVB maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, 31-dekabr kuni soat 07-21da Namangan shaxar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi 101 qisqa raqamiga Namangan shaxar “Baynalminal” Maxalla fuqarolar yigʻini xududidagi xonadonlarni birida yongʻin sodir boʻlayotganligi haqida xabar kelib tushgan, kelib tushgan xabarga asosan soat 07-25da yongʻin qutqaruv ekipaji joyiga yetib borgan, sodir boʻlgan yongʻin, yongʻin qutqaruvchilar tomonidan soat 07-40da toʻliq bartaraf etilgan.
Yongʻin natijasida yashash uyiniing shift va tom qismidan 25 kv.metr joyi hamda uy jixozlari yonib zararlangan. Yongʻin vaqtida xonadon egasining qizi 1-guruh nogironi 1997-yilda tugʻilgan fuqaroni kuygan xoldagi jasadi topilgan.
Hozirda sodir boʻlgan yongʻin yuzasidan tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar xonadoningizni isitish maqsadida gaz, elektr, koʻmir, oʻtin va boshqa yoqilgʻilardan foydalanishda yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qiling va farzandlaringizni nazoratsiz qoldirmang”, deyiladi Namangan FVB Axborot xizmati.