So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Sobiq vazir, rahbarlar endi vazirning birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlaydi
Yangi tayinlangan vazirlarga birinchi oʻrinbosarlar tayinlandi. Bungacha vazirliklikda vazir lavozimida faoliyat olib borgan, Hidoyatov, Husanov, Shin, birinchi oʻrinbosar lavozimiga tushirildi.

Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi Oblomurodov tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimovga birinchi oʻrinbosar boʻldi. Alisher Saʼdullayev yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan:
- Ulugʻbek Ahmadovich Aʼzamov Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga, u bungacha Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) direktorining oʻrinbosari lavozimida ishlagan;
- Alisher Zafar oʻgʻli Saʼdullayev Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi oʻrinbosari – Yoshlar ishlari agentligi direktori lavozimiga;
- Sherzod Saidjanovich Hidoyatov Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga, u bungacha Uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri lavozimida ishlagan;
- Nozim Baxtiyorovich Husanov Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga, u avval Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri boʻlib ishlagan;
- Agrippina Vasilyevna Shin Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga, u avval maktabgacha taʼlim vaziri boʻlgan;
- Narzullo Naimovich Oblomurodov Oʻzbekiston Respublikasi tabiat resurslari vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi, u avval Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi lavozimida faoliyat olib borgan.



