So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Hukumatdan yangi yilga syurpriz. Bugun yana bir nechta tayinlovlar amalga oshirilishi kutilmoqdaar va isteʼfolar roʻy berishi kutilmoqda.
Bugun, 30-dekabr kuni hukumatda yana bir qator tayinlovlar va isteʼfolar roʻy berishi kutilmoqda.

Norasmiy manbalarning xabar berishicha, Tashqi ishlar vaziri lavozimidan boʻshagan Vladimir Norov Markaziy Osiyo institutiga rahbarlik qiladi.
Jamshid Xodjayev Bosh vazir oʻrinbosari lavozimiga tayinlanishi kutilyapti. Endigi tartibga koʻra, u bir vaqtning oʻzida boshqa vazirlikka rahbarlik qila olmaydi.
Shu bois uning oʻrniga Laziz Qudratov Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri boʻlishi kutilyapti. U shu paytga qadar ushbu vazirlikda birinchi oʻrinbosar edi.
Shuningdek, Oliy taʼlim vaziri ham oʻzgaradi. Ushbu lavozimga Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov tayinlanishi aytilmoqda.
Amrillo Shodiyevich Inoyatov Sogʻliqni saqlash vaziri boʻlishi kutilmoqda. Bungacha Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Behzod Musayev kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri boʻlishi mumkin.
Hilola Umarova Uktamovna maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri boʻlishi kutilmoqda. Hozirgacha u Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Sherzod Kudbiyev iqtisodiyot va moliya vaziri boʻlishi kutilmoqda. U hozirgacha Davlat soliq qumitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shuningdek, Farmatsevtika agentligi rahbari ham ishdan olinishi mumkin. Nazarbekov Ozodbek madaniyat va turizm vaziri etib tayinlanishi kutilyapti. Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov esa tabiat resurslari vaziri boʻlishi aytilmoqda.



