So`ngi yangiliklar
AQSHda Charli Kirk suiqasdida gumonlanuvchining surati e’lon qilindi
O‘zbekistonda 27 ming gektardan ziyod maydon dala yong‘inlarida zarar ko‘rdi
Qozog‘istondagi portlashda uch nafar o‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘ldi
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Qashqadaryo, Fargʻona va Samarqandda imtiyozli kredit mablagʻlari talon-toroj qilingan
Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlari tomonidan banklarning komplayens-nazorati tuzilmalari bilan hamkorlik doirasida pul mablagʻlarining talon-toroj qilinishi boʻyicha aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan oʻz vaqtida qonuniy choralar koʻrilmoqda.

Xususan, Departamentning Fargʻona viloyati Toshloq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.S.” xususiy korxonasi rahbari O.Z. va boshqalar 29.06.2019-yildagi kredit shartnomasiga asosan baxmal ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun ajratilgan 1,8 mlrd soʻm kredit mablagʻini boshqa maqsadlarda sarflab talon-toroj qilganligi, shuningdek hududiy tijorat banki filiali masʼul shaxslari korxonaning 1,7 mlrd soʻmga baholanib garovga qoʻyilgan ishlab chiqarish bino-inshootini taqiqdan chiqarib yuborganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Payariq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, hududiy tijorat bankining Chelak filiali boshqaruvchisi oʻrinbosari lavozimida ishlagan A.X. va uning qarindoshi Gʻ.J. 2018-2022-yillarda 7 nafar fuqaroga imtiyozli shartlar asosida ajratilgan 166 mln soʻm kredit mablagʻini oʻzlarining taʼsischiligida tashkil etilgan 4 ta korxonaga oʻtkazish orqali talon-toroj qilganligi, shuningdek A.X. “M.A.” MCHJga parrandachilik yoʻnalishida ajratilgan 200 mln soʻm imtiyozli kreditni “A.F.” MCHJ oʻtkazib oʻzlashtirganligi aniqlangan.
Xuddi shunday, Gʻ.J. “S.A.” fermer xoʻjaligiga kartoshka urugʻi va mineral oʻgʻitlar sotib olish uchun ajratilgan 180 mln soʻm imtiyozli kredit mablagʻini “A.F.” MCHJga oʻtkazib talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Departamentning Qashqadaryo viloyati Mirishkor tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.S.” va “B.Z.” MCHJlar rahbari H.S. hududiy tijorat banki filiali masʼul shaxslari bilan oʻzaro til biriktirib MCHJga issiqxona qurish uchun ajratilgan 220 mln soʻm kredit mablagʻini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.



