So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Oʻzbekiston bilan chegara masalasiga nuqta qoʻydik” — Sadir Japarov
Japarov mamlakatda “Kampirobod” suv omborining Oʻzbekistonga berilishiga qarshi boʻlayotgan noroziliklarga shaxsiy maqsadlarini koʻzlagan kuchlar turtki berganini taʼkidladi.
Qirgʻiziston va Oʻzbekiston umumiy chegara oʻrnatish va barcha chegaraviy kelishmovchiliklarni hal qilishga kelishib oldilar. Bu haqda Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov maʼlum qildi.
“Kecha biz qoʻshni Oʻzbekiston bilan chegara masalasiga nuqta qoʻydik”, - dedi u.</strong>
Japarovning qoʻshimcha qilishicha, Oʻzbekiston chegara hududlaridagi qirgʻiz qishloqlarini suv bilan taʼminlash majburiyatini olgan.
U mamlakatda “Kampirobod” suv omborining Oʻzbekistonga berilishiga qarshi boʻlayotgan noroziliklarga shaxsiy maqsadlarini koʻzlagan kuchlar turtki berganini taʼkidladi.
“Ularning asosiy maqsadi amalga oshmadi, chunki odamlar muammo qanday hal qilinayotganini toʻliq tushunishdi”, - dedi u.
Qayd etish joiz, Oʻzbekiston Qirgʻizistonga 19 ming ga dan ziyod yerni berdi, qirgʻiz tomoni esa “Kampirobod” (Andijon) suv ombori suvlari hududi — 4485 ga yer Oʻzbekistonniki boʻlib qolishiga rozi boʻldi, biroq uni ikki davlat birgalikda boshqaradi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qirgʻiziston bosh vaziri Oqilbek Japarov uning mamlakati Oʻzbekiston bilan chegaradagi mojaroni tinch yoʻl bilan hal qilishga kelishib olganini maʼlum qilgandi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir