So`ngi yangiliklar
AQSHda Charli Kirk suiqasdida gumonlanuvchining surati e’lon qilindi
O‘zbekistonda 27 ming gektardan ziyod maydon dala yong‘inlarida zarar ko‘rdi
Qozog‘istondagi portlashda uch nafar o‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘ldi
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Qashqadaryoda “Dok-1 Maks” ortidan 1 yoshli goʻdak vafot etdi
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida 1 yoshli goʻdak “Dok-1 Maks” siropini isteʼmol qilish ortidan 28-dekabr kuni vafot etgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, Dehqonobod tumanida yashagan 14.08.2021-yilda tugʻilgan X.Sh 5 kun davomida oʻz turar joyida “Dok-1 Maks” siropini isteʼmol qilib kelib, sogʻligi yomonlashganligi sababli 27.12.2022-yilda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy amaliy markazi Qashqadaryo filialiga olib kelinib, koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, 28.12.2022-yilda vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Maʼlumot uchun, Sogʻliqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining 23.12.2022-yildagi buyrugʻi bilan “Dok-1 Maks” dori vositalarini dorixonalardan qaytarib olish belgilangan.
“Sizlardan “Dok-1 Maks” dori vositalarini qabul qilmaslikni, ushbu dori vositalari sotilayotganligi hamda tavsiya qilinayotganligidan xabar topsangiz darhol prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishingizni soʻraymiz”, deyiladi prokuratura xabarida.



