So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Oʻqituvchilar maoshlarini oshirdik, lekin bu bilan toʻxtab qolmaymiz. Imkoniyatimiz boʻlishi bilan yana koʻpaytiramiz”, — Prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi avlod oʻquv darsliklari taqdimotida nutq soʻzlamoqda:
“Mana bugun taʼlim sifatini oshirish, yangi darsliklar masalasida gaplashamiz. Xoʻsh, bu yangi darsliklarni farzandlarimizga kim yetkazadi? Albatta muallim! Men bekorga muallimning obroʻsini koʻtarish haqida takror-takror gapirmayman. Bugungi globallashuv davrida taʼlim, kelajak avlod barkamolligi qay darajada muhimligini yanayam kuchliroq anglab yetyapmiz.
Bugun yoshlarimiz, bolalarimizning oʻzi “Bizga kechagi kun taʼlimi kerak emas” degan talabni qoʻyishyapti. Hozirgi islohotlarimizni reajalashtiryapmiz, katta-katta marralarni qoʻyyapmiz. Ularni aytish oson, lekin bajarish azob. Lekin har qancha qiyin boʻlmasin biz farzandlarimiz uchun bu islohotlarni amalga oshirish uchun harakat qilishimiz shart.
Bugungi intiluvchi bolalar kelajakda sizning oltin fondingizga aylanadi. Ularning yutuqlaridan faxrlanasiz. “Men jonajon vatanim uchun qanday hissa qoʻshyapman?!” degan savolga javob oʻz ustimizda ishlashimiz va farzandlarimiz kamoloti boʻladi.
Yilimiz nomini ham taʼlimga bogʻlaganimiz bejiz emas. Bu masala mening doimiy diqqat markazimda boʻladi. Maoshlaringizni oshirdik, lekin bu bilan toʻxtab qolmaymiz. Imkoniyatimiz boʻlishi bilan yana koʻpaytiramiz”.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir