So`ngi yangiliklar
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti endilikda O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb nomlanadi
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Namanganda boshqaruv tuzilmalarini maqbullashtirish ishlari boshlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 20-dekabr kuni Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasida hozirgi kunda davlat apparatida takrorlanish koʻpligi, keraksiz shtatlar borligi, markazlashuv yuqoriligini, oqibatda bugungi murakkab masalalarga toʻgʻri yechim topish uchun ortiqcha vaqt, kuch va resurs sarflanayotganini alohida qayd etgan edi.

Uzoq tayyorgarlik koʻrilgan va chuqur tahlil qilingan ushbu islohotlarni hayotga joriy etish maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimiz hayotida tarixiy ahamiyatga ega hujjat – “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmon va uning ijrosini samarali tashkil etish boʻyicha qaror imzolandi.
Namangan viloyatida ham ushbu islohotlarning mantiqiy davomi - natijadorlikka yoʻnaltirilgan ixcham va professional davlat boshqaruvi tizimini yaratish maqsadida viloyat hokimligi tizimidagi tuzilmalar, ulardagi mavjud shtat birliklari va ish faoliyati tahlil qilindi.
Viloyat hokimining 2022-yil 29-dekabr kungi 747-sonli qaroriga asosan hokimlik huzuridagi va davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan quyidagi tashkilot faoliyati tugatilishi belgilandi:
1. “Axsikent” arxeologiya merosi obyektini tashkil etish, qayta tiklash va rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va uning faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maxsus jamgʻarmasi
2. Namangan viloyati salohiyatini targʻib etish Media departamenti
3. “Namangan viloyati issiqlik manbai” DUK qoshidagi “Issiqlik texnika markazi” unitar korxonasi
4. Namangan viloyati hokimligi huzuridagi Namangan shahridagi ziyoratgohlar muqaddas qadamjolar va tarixiy obidalarni saqlash obodonlashtirish va boshqarish boʻyicha yagona direksiyasi
5. Namangan viloyati hokimligi huzuridagi Yangi ish oʻrinlari tashkil etishni ragʻbatlantirish jamgʻarmasi
6. “HYUNDAY MOTOR UZ NAMANGAN” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxona
7. Namangan viloyati hokimligi huzuridagi “Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuasini boshqarish maxsus markazi
8. “Yangiqoʻrgʻon tumani “Nanay” qishlogʻini ekoturizm markaziga aylantirish, dam olish maskanlari bino-inshootlaridan foydalanish va ular faoliyatini muvofiqlashtirish direksiyasi”
9. Namangan viloyati hududiy innovatsiya faoliyati va texnologiyalar transferi markazi
10. Namangan viloyat maxsus ekspluatatsiya-montaj boʻlimi” davlat muassasasi
11. Namangan viloyati hokimligi xuzuridagi “Fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish markazi” davlat muassasasi.
Davlat tashkilotlari sonini maqbullashtirish va shtatlar sonini tanqidiy tahlil qilish orqali davlat byudjeti mablagʻlari ham tejaladi. Islohotlar qatʼiyat bilan davom ettiriladi.
Yuqoridagi tashkilot va muassasalarni tugatish boʻyicha alohida tugatish komissiyasi tuzilib, qonunchilikda belgilangan tartibda 2023-yil yanvar oyidan tugatish choralari koʻriladi.



