So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Sirdaryodagi koʻprik taʼmirtalab holatda, transport harakati qisman cheklangan. Hokim vaziyatni nazoratiga oldi
Sirdaryo viloyati hududidan oʻtgan, 1976-yilda foydalanishga topshirilgan M-34 “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yoʻlining 82-kilometrida joylashgan yoʻl oʻtkazgich taʼmirtalab holatga kelganligi bois, transport harakati qisman cheklandi. Lekin mashinalar qatnovi Termiz-Toshkent yoʻnalishida harakati boʻylab davom etmoqda.
Holat viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev va tegishli masʼullar tomonidan atroflicha oʻrganilgan. Bu haqda Sirdaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Bugunning oʻzida yoʻl oʻtkazgichda qurilish-montaj ishlari boshlandi. Shu sababli harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida Toshkent shahridan qoʻshni viloyatlarga oʻtish Sirdaryo tumanidagi aylanma yoʻl (Xalqaro ahamiyatdagi M-39 “Toshkent — Termiz” avtomobil yoʻlining 873-882 kilometri hamda davlat ahamiyatidagi 4R-29 “M-34 avtoyoʻli — M-39 avtoyoʻli — Qozogʻiston Respublikasi chegarasi” avtomobil yoʻlining 0-7 kilometrdagi qismi) orqali amalga oshirilmoqda”, deyiladi viloyat hokimligi xabarida.
Taʼkidlanishicha, barcha yoʻnalishlarda YPX postlari tashkil qilinib, harakat xavfsizligi toʻliq taʼminlanyapti.