So`ngi yangiliklar
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti endilikda O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb nomlanadi
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Tashkent Cityʻda uylar, inomarkalar, taqinchoqlar: Andijon sobiq hokimiga oid jinoyat ishining yangi tafsilotlari ochiqlandi

DXX tomonidan qoʻlga olingan Andijon shahar sobiq hokimi Bahrom Haydarov, Andijon prokurori Qurbonali Asqarov, XTB mudiri Azizbek Mirkamilov va ularning 40 ga yaqin jinoiy sheriklari sudlanib, har biri 10,5 yilgacha boʻlgan muddatlarga qamoq jazolariga hukm qilindi.
Bahrom Haydarovga bazaviy hisoblash miqdorining 350 baravari, yaʼni 85 mln 750 ming soʻm jarima jazosi ham tayinlangan. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
DXX axborot xizmati tomonidan berilgan maʼlumotga koʻra, tergov davomida jinoiy guruh tomonidan oʻmarilgan 67 mlrd soʻm mablagʻning 16 mlrd soʻm qismi pullar koʻrinishida va 10 mlrd soʻm qismi koʻchmas mulk, jumladan, Tashkent Cityʼdagi yangi xonadonlar, xorijiy avtomashinalar va tilla taqinchoqlar koʻrinishida davlat hisobiga undirilgan.
Eslatib oʻtamiz, sobiq hokim Bahrom Haydarov joriy yil 28-may kuni deputat daxlsizligi huquqidan mahrum qilinib. 6-iyun kuni Andijon shahar hokimi oʻziga nisbatan olib borilayotgan dastlabki tergov harakatlari jarayonida JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Bahromjon Haydarov avvalroq hokim sifatida ham yer ajratish bilan bogʻliq qonunbuzarliklar oqibatida davlat manfaatlariga 1,7 milliard soʻmdan ortiq zarar keltirgani maʼlum boʻlgandi.
Bir vaqtning oʻzida deputat hisoblangan hokimni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish boʻyicha Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan 2022-yil 3-fevral kuni Xalq deputatlari viloyat kengashiga kiritilgan taqdimnoma taqdiri yuzasidan jamoatchilikka maʼlumot berilmagan.
Bugunga qadar Andijon shahri hokimining noqonuniy yer ajratgani, fuqarolarni haqorat qilgani va boshqa masalalarda qonunga zid xatti-harakatlari jamoatchilik tomonidan keskin qoralangan. Bundan tashqari, Haydarovning norasmiy ayol tansoqchisi borligi ham jamoatchilikda oʻzbekona qadriyatlarga mos boʻlmagan holat sifatida baholangan.



