So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Buxoroda IIB binosidan erkak kishining murdasi chiqqani rostmi?
Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux Gʻiyosov Buxoro viloyati Vobkent tumanida 1985-yilda tugʻilgan fuqaro H.Q.ning oʻlimiga oid rasmiy maʼlumotni taqdim qildi.
Gʻiyosovning maʼlum qilishicha, joriy yilning 28-noyabr kuni Buxoro shahar IIO faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Tergov guruhi yurituvida boʻlgan JKning 169-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha, guvoh tariqasida jalb etilgan fuqaro Q.H. soat taxminan 15:00larda Buxoro shahar 4-son IIBga jinoyat ishi hujjatlari bilan tanishish uchun kelib, lekin tergovchi xizmat vazifasi bilan boshqa joyda boʻlganligi sababli, IIB binosiga kirmasdan, qaytib ketgan. Fuqaroni IIB binosiga kirmasdan ketgan holati videotasvirga muhrlangan.
Shundan soʻng fuqaro Q.H. 80 Z 015 OA D/R “Matiz” taksi avtomashinasini toʻxtatib, uni Buxoro shahridagi “Fayziobod” jomye masjidiga olib borishini soʻragan.
Yoʻlda, fuqaro Q.Hning sogʻligʻi yomonlashib, ogʻzidan koʻpik chiqib, xushini yoʻqotgan. Haydovchi xushsiz yoʻlovchini tezkorlik bilan Buxoro shahar kasalxonasiga yetkazgan.
Koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan fuqaro Q.H. shu kuni soat taxminan 21.00larda kasalxonaning jonlantirish boʻlimida vafot etgan.
Sud-tibbiyot ekspertizasining birlamchi xulosasiga koʻra oʻlim “Tutqanoq sindromi, oʻpka va miyaga kislorod oʻtkir yetishmovchiligi” oqibatida yuz bergan.
Tekshiruv jarayonida murdani badanida hech qanday tan jarohatlari aniqlanmagan. Holat Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan oʻrganilmoqda.