So`ngi yangiliklar
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Samarqandda harakatlanayotgan Tracker-2 yonib ketdi
Ertaga qanday ob-havo boʻladi?
“Aholining mablagʻlari koʻpayishi, iqtisodiyot rivojiga ham oʻzining ijobiy taʼsirini koʻrsatadi” – Senator Davlat byudjeti toʻgʻrisida qonun haqida
Senator Malika Qodirxonova “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Qonun boʻyicha oʻz fikrlarini bayon qildi:
.jpg)
Mazkur Qonun bilan ijtimoiy nafaqalar bilan bir qatorda ayrim soha xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar miqdori oshirilmoqda.
Davlat rahbari tomonidan xotin-qizlarga berilayotgan eʼtibor tufayli ularning ayrim xarajatlari davlat byudjeti hisobidan qoplanishi quvonarli, albatta.
Jumladan Qonun bilan:
- xotin-qizlarni har taraflama qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar ijrosini taʼminlashga 644,0 mlrd soʻm;
- magistratura bosqichida oʻqiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt toʻlovlarini byudjetdan qoplash uchun 75 mlrd soʻm;
- Madaniyat vazirligi markaziy apparati va hududiy boʻlinmalari xodimlarini lavozim maoshini belgilashda tarif va koʻp yillik mehnati uchun ragʻbatlantirish koeffitsiyentining qoʻllanishi bilan bogʻliq xarajatlarga 16 mlrd soʻm;
- tibbiyot muassasalari xodimlari faoliyati samaradorligini oshirish, yuqori samarali mehnatga intilishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish uchun 2 trln soʻmdan ziyod mablagʻ yoʻnaltirilmoqda.
Aholining mablagʻlari koʻpayishi, albatta, iqtisodiyot rivojiga ham oʻzining ijobiy taʼsirini koʻrsatadi, degan Qodirxonova.
Maʼlumot oʻrnida, Taʼlim sohasi xarajatlari uchun 2023-yilda byudjetdan 58,4 trln soʻm, Sogʻliqni saqlash sohasi uchun 28,4 trln soʻm ajratilishi belgilandi. Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.



