So`ngi yangiliklar
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti endilikda O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb nomlanadi
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Samarqanddagi bolalar shifoxonasida Dok-1MAKSʻdan 18 nafar bola vafot etgani maʼlum boʻldi

Samarqanddagi bolalar shifoxonasida Dok-1MAKS preparati sabab 15 nafar bola vafot etgani haqida maʼlumot tarqaldi. Joriy yilning 24-dekabr kuni Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili A.Yunusova hamda Bola huquqlarini taʼminlash sektori vakillari Samarqand viloyati bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati mudiri, viloyat prokurorining birinchi oʻrinbosari, Samarqand shahar prokuratura xodimlari, viloyat hokimligi Sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi, viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi rahbari va viloyat hokimligi Sogʻliqni saqlash boshqarmasi bosh pediatri ishtirokida yuqoridagi holat boʻyicha oʻrganish oʻtkazdi.
Oʻrganishlar, viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazida sentyabr-dekabr oylarida 21 nafar bemor oʻtkir buyrak zararlanishi bilan tekshirilgan, davolangan. Bemorlar Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy hamda Samarqand viloyatidan boʻlgan, 3 nafar bemor sogʻlomlashtirilib uyiga javob berilgan va 18 nafari vafot etgan. Bemorlarning barchasi 6 yoshgacha boʻlgan bolalar. Ularning 15 nafari 3 yoshgacha boʻlgan bolalar.
Bemorlarning yaqinlaridan ularning kasallanish sabablari surishtirilganda ularda shamollash alomatlari boʻlganligi va davolash maqsadida Dok-1MAKS preparati qabul qilishganligidan soʻng ahvoli ogʻirlashganligini bayon qilgan.
Dok-1MAKS preparatining har 10 mlda paratsetamol — 500 mg, gvayfenezin — 200 mg, fenilefrina gidroxlorid — 10 mg mavjud. Mutaxassislar Dok-1MAKS preparati qoʻllanilishi koʻrsatmasida preparatni 2 yoshdan qoʻllash mumkinligi koʻrsatilganligi, lekin shunday tarkibli boshqa kompaniyalar preparatlari asosan 12 yoshdan keyin qoʻllashga ruxsat berilganligini taʼkidlagan.
“Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi qonunining 40-moddasida patologik-anatomik tadqiqotlar sogʻliqni saqlash muassasalarida odam hayotligida hamda oʻlganidan soʻng tashxis qoʻyish (biopsiya va autopsiya), shuningdek, klinik sharoitda tashxis qoʻyish va kasallikni davolash ishlarining toʻgʻri olib borilganligini nazorat qilish, oʻlim sabablari haqida aniq maʼlumotlar olish maqsadida oʻtkazilishi belgilangan.
Shu bilan birgalikda Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Patologik-anatomik tadqiqotlar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (22.02.2019-yil. roʻyxat raqami 3138) koʻra davolash-profilaktika muassasalarida vafot etgan shaxslarning oʻlim sabablarini aniqlash maqsadida patologik-anatomik tadqiqotlar oʻtkazish belgilangan, lekin vafot etgan bemorlarning birortasi ham patologik-anatomik tadqiqotdan oʻtkazilmagan.
Hozirda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruhi oʻz oʻrganishlarini davom ettiryapti. Samarqand shahar prokuraturasi har bir oʻlim holati boʻyicha surishtiruv-tergov olib borilmoqda. Bola huquqlari boʻyicha vakil Samarqand viloyati prokurori birinchi oʻrinbosaridan holat boʻyicha chuqur oʻrganish olib borishlarini va har bir holatda aybdorlar jazosiz qolmasligi, qonun ustuvorligi taʼminlanishi shartligini soʻradi. Bola huquqlari boʻyicha vakil tomonidan holat toʻliq nazoratga olingan.



