So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Surxondaryoning yangi hokimi birinchi ish kunini qanday oʻtkazdi?
Surxondaryo viloyatiga hokim etib tayinlangan Ulugʻbek Qosimov hokimlikdagi birinchi ish kunini viloyatdagi mavjud muammolar, ularning tahlili va muhokamasi bilan boshladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Taʼkidlanishicha, viloyat hokimining tarmoqlar boʻyicha oʻrinbosarlari, hokimlik apparati xodimlari, viloyatdagi boshqarma, idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida har bir sohadagi mavjud muammolar, bugungi kundagi holat va kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni muhokama qilgan.
Ulugʻbek Qosimov masʼullardan axborot qabul qilar ekan, mavjud muammolar va ularning yechimi borasida oʻzining tavsiya, topshiriq va koʻrsatmalarini bergan. Har bir tarmoq, yoʻnalish va sohalar kesimida chora-tadbirlar belgilab olingan.

Shundan soʻng, hokim viloyatning asosiy yangi yil archasi oʻrnatilgan “Mustaqillik maydoni”da boʻlib, saylga tashrif buyurgan fuqarolar bilan suhbatlashgan. Suhbat jarayonida fuqarolarning bayram kayfiyati bilan qiziqib, ularni yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayrami bilan tabriklagan.

Shuningdek, mazkur maydonda jamoat xavfsizligini taʼminlash, yongʻin va favqulodda holatlarning oldini olish borasida koʻrilgan chora-tadbirlar bilan tanishilgan. Aholiga bayramona kayfiyat ulashuvchi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berilgan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir