So`ngi yangiliklar
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti endilikda O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb nomlanadi
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
63 mlrddan ortiq pul yoʻq qilingan: Andijon hokimi va prokurori 10 yilga kesildi, yana uch nafar mansabdor qamoqqa hukm etildi
Andijon shahar sobiq hokimi Bahrom Xaydarov va shahar prokurori lavozimida ishlagan Qurbonali Asqarov hamda boshqa mansabdorlarga nisbatan sud hukmi oʻqildi.

Oliy sud matbuot xizmatining maʼlumotiga koʻra, 26-dekabr dushanba kuni Fargʻona viloyat sudi binosida Andijon shahar sobiq hokimi Bahrom Xaydarov, Andijon shahar XTB markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmatida bosh hisobchi lavozimida ishlagan S.Yulchiyeva, Andijon shahar sobiq prokurori Kurbonali Asqarov, Andijon viloyat hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan F.Mullajanov, Andijon viloyat hokimligi moliya bosh boshqarmasining mahalliy byudjet daromadlarini rejalashtirish va byudjetlarini shakllantirish boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan Sh.Hoshimov va jami 45 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetib, sud hukmi eʼlon qilindi.
Taʼkidlanishicha, ushbu jinoyat ishi Oliy sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati sudyasi A.Utayev raisligida hamda sudyalar O.Arabov va Sh.Sherkulovdan iborat sud tarkibda birinchi instansiya sudida koʻrib chiqilgan.
Oliy sud Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 26-dekabrdagi hukmiga koʻra:
Sobiq hokim Bahrom Haydarov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismining “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qoʻshish yoʻli bilan 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda, 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Bahrom Xaydarovga Jinoyat kodeksining 59-moddasi 8-qismi hamda 61-moddasi tartibida tayinlangan jazoga jinoyat ishlari boʻyicha Izboskan tuman sudining 2022-yil 13-dekabrdagi hukmi bilan tayinlangan jazo toʻliq qoʻshilib, 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, 10 yil ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 350 baravari, yaʼni 85 750 000 soʻm jarima jazosi tayinlangan.
S.Yulchiyeva Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 211-moddasi 3-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59, 61-moddalari tartibida tayinlangan jazolarni qisman qoʻshish yoʻli bilan uzil-kesil oʻtash uchun 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda, 8 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
S.Yulchiyevaga Jinoyat kodeksining 62-moddasi tartibida jinoyat ishlari boʻyicha Andijon shahar sudining hukmi bilan tayinlangan 3 yil muayyan huquqdan mahrum qilish va 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosining oʻtalgan 9 oy 10 kun muayyan huquqdan mahrum qilish va 9 oy 3 kun axloq tuzatish (3 oy 3 kun uy qamogʻida oʻtirgan muddati oʻtalgan hisobidan qoʻshiladi) ishlari jazosi, tayinlangan jazodan chegirilib, oʻtash uchun 2 yil 2 oy 20 kun mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, 7 yil 11 oy 26 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻtash uchun qoldirilgan.
Shahar sobiq prokurori Kurbonali Asqarov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 211-moddasi 3-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qoʻshish yoʻli bilan uzil-kesil oʻtash uchun 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda, 10 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
F.Mullajanov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari va 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qoʻshish yoʻli bilan uzil-kesil oʻtash uchun 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda, 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Sh.Hoshimov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qoʻshish yoʻli bilan uzil-kesil oʻtash uchun 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda, 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Qolgan 40 nafar sudlanuvchiga sodir qilgan jinoiy harakatlari doirasida tegishliligi boʻyicha Jinoyat kodeksining 167, 168, 205, 207, 208, 209, 211, 28,211, 228 va 243 moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularga 4 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, 2 yilgacha ozodlikni cheklash hamda 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish jazolari tayinlangan.
Jinoyat oqibatida yetkazilgan 63 mlrd. soʻmdan ziyod miqdoridagi moddiy zararning 16 mlrd. soʻmdan ortigʻi qoplangan boʻlib, zararning qolgan qismini sudlanuvchilardan solidar tartibda undirish belgilangan.



