So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Shafqatsizlarcha kaltaklangan bola yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berildi
Psixologlarning xulosasiga koʻra onasi O.G.ning ruhiy holati qoniqarli farzandiga jismoniy yoki ruhiy shikast yetkazish darajasida emas degan xulosa qilingan.
Urgut tumani hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda koʻplab eʼtirozlarga sabab boʻlib kelayotgan, Urgut tumani Vatak mahallasida ona va bola oʻrtasida yuz bergan holat boʻyicha tarqalayotgan videolavhalar yuzasidan maʼlumot berdi.
Maʼlum boʻlishicha, ushbu holat joriy yilning 24-dekabr kuni Vatak mahallasida yashovchi fuqaro (kelin) O.G. Rossiya Federatsiyasida boʻlib turgan turmush oʻrtogʻi I. S. bilan telefon orqali suhbat davomida kelib chiqqan oʻzaro kelishmovchiliklardan soʻng sodir etilgan.
O. G Vatak mahallasida yashovchi I. S. bilan ikkinchi turmushi boʻlib ular qonuniy nikoh asosida turmush qurishgan. Turmushidan 4 nafar farzandi bor. Turmush oʻrtogʻining birinchi turmushidagi bir nafar farzandi bilan O.G.ning tarbiyasida jami 5 nafar farzand bor.
Hozirda, O. G va uning 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari birgalikda Urgut tumani Tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan boʻlib, videolavhadagi farzandi I.S.ning sogʻligʻini umumiy ahvoli shifokorlar tomonidan qoniqarli deb baholanmoqda.
Psixologlarning xulosasiga koʻra onasi O.G.ning ruhiy holati qoniqarli farzandiga jismoniy yoki ruhiy shikast yetkazish darajasida emas degan xulosa qilingan.
O.G. bilan oʻtkazilgan suhbat davomida, u oʻzini boshqara olmay qilgan ushbu ishidan afsuslanib, avval farzandlariga nisbatan bunday munosabatda boʻlmagani, turmush oʻrtogʻi bilan telefon orqali kelisholmay qolgach, shu holat yuz bergani, ularni yaxshi tarbiyalab kelayotganini aytgan. Binobarin, oilasi bilan tinch yashab kelayotgani bois, avval nizoli vaziyatga bormagan va bu haqda hech qayerga murojaat qilmaganini taʼkidladi.
Holat yuzasidan Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan O.G. ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 110-moddasi 2-qismi va 112-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.