So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Oldin yangi vazir kelsa, koʻpchilikni ishdan boʻshatvorib, oʻzining jamoasini tuzardi. Endi unday boʻlmaydi” — Otabek Xasanov
Otabek Xasanov vacancy.argos.uz portali boʻyicha yuzaga kelgan savollarga javob berdi.
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Otabek Xasanov vacancy.argos.uz portali faoliyati vaqtincha toʻxtatilganini maʼlum qildi.
“Bizga savol bilan murojaat qilishyapti, “men boshqarma boshligʻi lavozimida ishlab kelyapman, boshqa joyga yana tanlovdan oʻtib ishga joylashamanmi” deb. Yoʻq. </em>
<em>Agar yangi joydagi teng lavozimga davlat xizmatchisi tavsiya qilinayotgan boʻlsa, bu rotatsiya shaklida boʻladi va u tanlovdan oʻtmaydi. Shuning uchun, biz vacancy.argos.uz portalida vaqtinchalik tanlovlarni eʼlon qilishni 15-20-yanvarga qadar toʻxtatdik. </em>
"Tegishli tashkilotlar bilan shtatlarni qayta koʻrib chiqqanimizdan soʻng, qayerda ochiq joy qolgan boʻlsa, keyin tanlovlarni eʼlon qilamiz. Odamlarni ikki marta ovora qilmasligimiz kerak. Lavozimi teng joyga va lavozimidan pastga ishga oʻtayotganlar uchun tanlov boʻlmaydi.
Adliya vazirligi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi 1 oy muddatda qaysi vazirlikda, qaysi lavozimlar majburiy boʻlishini belgilab beradi. Qolganlari boʻyicha vazirlikning oʻziga vakolat berilmoqda.</em>
Oldin yangi vazir kelsa, koʻpchilikni ishdan boʻshatvorib, oʻzining jamoasini tuzardi. Endi unday boʻlmaydi. Qonunda davlat xizmatchisiga kafolatlar berib qoʻyilgan.</em>
<em>Hozirda ichki tanlov va tashqi tanlov eʼlon qilyapmiz. Tanlovdan kim oʻtsa, oʻsha ishga kiradi. Bu jarayonlarning adolatli boʻlishiga esa, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va boshqa tashkilotlar javob beradi. Yangi strukturaning boʻsh qolgan joylariga ishga qabul qilish ochiq tanlov asosida boʻladi”, — dedi u.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir