So`ngi yangiliklar
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti endilikda O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb nomlanadi
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Toʻra Bobolovning Surxondaryodagi toʻraligi yakunlandi. Viloyatga endi Toshkent prokurori hokimlik qiladi
Bugun, 26-dekabr kuni Surxondaryo viloyati hokimligida viloyat faollari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Tashkiliy masala koʻrilgan yigʻilishda Prezident Adminstratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov va Bosh vazir Abdulla Aripov ishtirok etgan.
Maʼlum boʻlishicha, Prezidentning tegishli farmonlari bilan 2019-yildan buyon Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Toʻra Bobolov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi va shu kunga qadar Toshkent shahri prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelgan Ulugʻbek Berdiqobilovich Qosimov Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
“Soʻzga chiqqanlar faollar voha ahli yangi rahbar atrofida jipslashib, keyingi yillarda qoʻlga kiritilgan yutuq va natijalarni yanada yuksaltirish, barcha soha va tarmoqlar boʻyicha qabul qilingan dasturlarni izchil amalga oshirish yoʻlida astoyidil mehnat qilishlarini taʼkidlashdi”, deyiladi viloyat hokimligi xabarida.
Maʼlumot uchun, Ulugʻbek Qosimov Surxondaryo viloyatining Muzrabot va Denov tumanlari hokimi, Surxondaryo va Fargʻona viloyati prokurori lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan.
Eslatib oʻtamiz, hokim Toʻra Bobolovga nisbatan sentyabrda Prezident qarori bilan oʻz faoliyatini davlat siyosati va amalga oshirilayotgan islohotlarga mos ravishda tashkil etmagani, hokimlarga qoʻyiladigan talablarga rioya etmasdan majlis qatnashchilarini haqorat qilganligi va bu bilan keng jamoatchilikning noroziligiga sabab boʻlgani uchun jarima intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan edi.
Toʻra Bobolov 2019-yilning mayida Surxondaryoga hokim etib tayinlangan. Surxonni qariyb toʻrt yil davomida boshqargan hokim 1970-yil Angor tumanida tugʻilgan.
1992-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan, 1994-yildan 2003-yilgacha Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi Surxondaryo viloyati boshqarmasida turli lavozimlarda ishlagan, 2003-2004-yillarda Surxondaryo viloyati Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi raisi, 2004-2016-yillarda Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi, 2016-2017-yillarda Surxondaryo viloyati hokimligi hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmasi boshligʻi boʻlgan.
U 2017-yildan 2019-yil apreliga qadar Surxondaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari edi. 2019-yil 1-may kuni Toʻra Bobolov viloyat hokimi etib tasdiqlangandi. Ungacha Surxondaryo viloyati hokimi sifatida faoliyat koʻrsatib kelgan Bahodir Poʻlatov ishdan olinib, uning oʻrniga Toʻra Bobolov vaqtincha rahbar etib tayinlangan. Keyinchalik, 2020-yil yanvarida hokim lavozimiga rasman tasdiqlangan.



