So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Er oʻz xotinini vahshiylarcha oʻldirdi
Er shu vaqtga qadar spirtli ichimlik isteʼmol qiluvchilar va oilaviy janjalkashlar sifatida IIOning profilaktik hisobida turmagan.
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida er janjal sabab xotinini pichoqlab oʻldirdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 19-dekabr kuni soat 18:00 larda 1972-yilda tugʻilgan B.I. va turmush oʻrtogi N.I. oʻrtasida oilaviy kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan. Janjal vaqtida er qoʻlida boʻlgan oshxona pichogʻi bilan turmush oʻrtogʻining oʻng yelka qismiga urib tan jarohati yetkazgan.
Oqibatda 1975-yilda tugʻilgan N.I. ogʻir tan jarohati olib respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filialida koʻrsatilgan muolajalarga qaramasdan vafot etgan. B.I. protsessual tartibda ushlanib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.
Xabarda aytilishicha, er shu vaqtga qadar spirtli ichimlik isteʼmol qiluvchilar va oilaviy janjalkashlar sifatida IIOning profilaktik hisobida turmagan.
Shuningdek ushbu oila mahallada ijobiy tavsiflanib, janjalkash oilalar roʻyxatida turmagan. Ayni paytda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104- moddasi 3- qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.