So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Qozogʻiston Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab oʻtish uchun foydalanishga yoʻl qoʻymaydi” — Qozogʻiston TIV
Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri mamlakatning pozitsiyasi boʻyicha bayonot berdi.
Rossiyaga qarshi sanksiyalar Qozogʻiston iqtisodiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda, chunki ikkala davlat ham yaqin munosabatlarga ega. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi Yaponiyaning NHK telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.“Biz Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qoʻshilmaymiz, lekin ayni paytda (respublika iqtisodiyoti) turli korxonalar tomonidan sanksiyalarni chetlab oʻtish uchun foydalanilmaydi degan tamoyilga amal qilamiz”, — dedi Tleuberdi.
Vazirning taʼkidlashicha, Qozogʻiston bir vaqtning oʻzida Rossiya, Xitoy, Markaziy Osiyoning qoʻshni davlatlari, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va Yaponiya bilan muvozanatli diplomatik munosabatlar oʻrnatishga harakat qilmoqda.
Uning soʻzlariga koʻra, “Qozogʻistonning transport-logistika salohiyatini rivojlantirish”ga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir