So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Putin Rossiyaning maqsadi nima ekanligini aytdi
Putin Rossiya har doim muzokaralar olib borishga tayyor va doimo yuzaga kelayotgan nizolarni tinch yoʻl bilan hal etilishiga tayyor ekanligini maʼlum qildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatning maqsadi rus xalqini birlashtirish ekanligini aytdi. Bu haqda u “Moskva” efirida maʼlum qildi. Ruslar rahbarining soʻzidan parchani jurnalist Pavel Zarubin Telegram-kanalida eʼlon qildi.
“Biz toʻgʻri yoʻnalishda ishlayapmiz, milliy manfaatlarimiz, fuqarolarimiz, xalqimiz manfaatlarini himoya qilmoqdamiz. Fuqarolarimizni himoya qilishdan boshqa ilojimiz yoʻq”, — degan Putin.
Uning taʼkidlashicha, Rossiya har doim muzokaralar olib borishga tayyor va doimo yuzaga kelayotgan nizolarni tinch yoʻl bilan hal etilishini taʼminlashga intilgan.
Ukrainadagi vaziyatga toʻxtalib oʻtgan Putin, Rossiya Federatsiyasining Gʻarbdagidek beadablik qila olmasligini taʼkidlab. Ukrainada urush boshlashga majbur boʻlganini aytgan.
Shuningdek, u Rossiyaning geosiyosiy muxoliflarining siyosati “Ulushingni boʻlib ol va bosib ol” tamoyiliga asoslanganini taʼkidladi.
“Ammo bizning maqsadimiz boshqa narsa - rus xalqini birlashtirish”, — dedi u.
Qayd etish kerak, Rossiya joriy yilning fevral oyida Ukraina hududiga bostirib kirgan edi. Bir necha oydan buyon davom etayotgan urushda minglab begunoh odamlar qirilib ketdi va qirgʻin hali ham davom etmoqda.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir