So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Adham Ikramov eski ish joyiga qaytdi
Ayni vaqtda Ikramov sportni rivojlantirish vaziri sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov Prezidentning tavsiyasi boʻyicha Ikramov Adham Ilxamovich Savdo-sanoat palatasi Rayosati raisi lavozimiga saylandi.
Qayd etish kerak, ayni vaqtda Adham Ikramov sportni rivojlantirish vaziri sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.
Maʼlumot oʻrnida, Ikramov 1968-yil 20-dekabrda Toshkent shahrida tugʻilgan.
1985-1990 yy. - Leningrad harbiy tibbiyot akademiyasi talabasi
1990-1992 yy. - Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti talabasi
1992-1994 yy. - Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti klinik ordinatori
1994-1998 yy. - Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi laparoskopiya bo‘limi jarroh-shifokori
1998-2004 yy. - Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi kompyuter tomografiya bo‘limi mudiri
2004-2007 yy. - Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi direktori o‘rinbosari
2007-2009 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari
2009-2012 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri
2012-2015 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Madaniyat, taʼlim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi rahbari
2015-2016 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Sog‘liqni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari kompleksi rahbari
2016-2017 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari - Sog‘liqni saqlash vaziri
2017-2017 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari
2017-2017 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori
2017-2022 yy. - O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi



