So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekiston va Yaponiya atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik memorandumini imzoladi
Yaponiya Orol dengizi qurishining oqibatlarini bartaraf etishda Oʻzbekistonga koʻmak beradi.
2022-yil 23-dekabr kuni boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov va Yaponiya atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Akixiro Nishimura oʻrtasidagi uchrashuvda ekologiya sohasidagi Oʻzbekiston-Yaponiya munosabatlarini yanada faollashtirish istiqbollari muhokama qilindi.
Yaponiya parlamentining Oʻzbekiston bilan doʻstlik ligasi aʼzosi Nishimura Oʻzbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijalaridan hayratda ekanini maʼlum qilgan.
Yaponiya Orol dengizi qurishining oqibatlarini bartaraf etishda, jumladan, Orolboʻyi hududida inson xavfsizligi boʻyicha koʻp sheriklik Trast fondi faoliyatida ishtirok etish orqali Oʻzbekistonga koʻmak berishda davom etishga tayyor.
Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Yaponiya atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi oʻrtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida Memorandum imzolandi.
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov va Yaponiya Atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Akixiro Nishimura imzolagan hujjat milliy, mintaqaviy va global miqyosdagi ekologik muammolarni hal etish va ularga javob berish boʻyicha ikki mamlakat atrof-muhit agentliklari oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir