So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Sindzo Abening qotili ruhiy sogʻlom deb topildi — Kyodo
Yaponiya prokuraturasi psixiatrik tekshiruvdan soʻng sobiq bosh vazir Sindzo Abening qotiliga ayblov qoʻyishga qaror qildi.
Yaponiya prokuraturasi psixiatrik tekshiruvdan soʻng sobiq bosh vazir Sindzo Abening qotiliga ayblov qoʻyishga qaror qildi. Bu haqda tergovga yaqin manbalarga tayanib, Kyodo agentligi xabar bermoqda.
Manbalarga koʻra, 42 yoshli Tetsuya Yamagamining soʻroq qilinishi va uning Abeni otish uchun oʻqotar qurolni qanday qilib oʻzi yasagani haqidagi daʼvolari prokurorlarni uning sud oldida javob berishga qodir ekanligiga sabab boʻldi.
Avvalroq Yaponiya sudi Yamagamining ruhiy salomatligini tekshirish uchun hibsda qolish muddatini uzaytirgan edi. Uning ruhiy ekspertiza uchun qamoqqa olish muddati 10-yanvarda tugaydi.
Eslatib oʻtamiz, Abe 8-iyul suiqasd uyushtirilganidan soʻng oʻldirilgan. Hujum qilgan shaxs Yaponiya dengiz flotida xizmat qilgan Yamagami boʻlib chiqdi. Hujumchi Abeni “Birlashtirish cherkovi” diniy tashkiloti bilan aloqadorlikda gumon qilgan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir