So`ngi yangiliklar
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti endilikda O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb nomlanadi
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fargʻonada bank boshqaruvchisi, Samarqandda FVB boshligʻi pora bilan ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmati idoralari tomonidan joylarda oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida firibgarlik bilan bogʻliq noqonuniy holatlarga chek qoʻyilgan.
Xususan, Samarqand viloyatidagi tumanlardan birining Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi viloyat Boshqarmasidagi mansabdor shaxslar orqali mahalliy fuqaroni oʻzi rahbarlik qilayotgan boʻlimga ishga qabul qilinishida yordam berish evaziga undan 2000 AQSH dollari talab qiladi.
DXX viloyat boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda mazkur mansabdor shaxs soʻralgan puldan 1000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 (firibgarlik) va 28,211- (pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
DXX Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa aksiyadorlik tijorat banklaridan birining Qoʻqon filiali boshqaruvchisi mahalliy xususiy korxonaga ajratilgan kreditdan boʻlgan 62 million soʻm qarzdorlikni soʻndirib berish hamda ushbu qarzdorlik boʻyicha qoʻyilgan taʼqiqni bekor qilinishi uchun Majburiy ijro byurosiga xat qilib berish evaziga 3500 AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan. Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168- (firibgarlik) moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.



