So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Qaysi vazirliklar qayta tashkil etildi?

“Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoniga koʻra, 2023-yil 1-yanvardan respublika davlat boshqaruvi organlari quyidagicha qayta tashkil etiladi:
Vazirliklar:
- Xalq taʼlimi vazirligi – negizida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tashkil etilmoqda;
- Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi – negizida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tashkil etilmoqda;
- Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi – negizida Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tashkil etilmoqda;
- Moliya vazirligi – negizida Iqtisodiyot va moliya vazirligi tashkil etilmoqda;
- Qurilish vazirligi va Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi – negizida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tashkil etilmoqda;
- Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi – negizida Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tashkil etilmoqda;
- Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi – negizida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashkil etilmoqda;
- Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi – negizida Raqamli texnologiyalar vazirligi tashkil etilmoqda;
- Turizm va madaniy meros vazirligi va Madaniyat vazirligi – negizida Madaniyat va turizm vazirligi tashkil etilmoqda;
- Maktabgacha taʼlim vazirligi – negizida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzurida Maktabgacha taʼlim agentligi tashkil etilmoqda;
- Innovatsion rivojlanish vazirligi – negizida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Innovatsion rivojlanish agentligi tashkil etilmoqda;
- Sportni rivojlantirish vazirligi – negizida Yoshlar siyosati va sport vazirligi tashkil etilmoqda;
Qoʻmitalar:
- Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi – negizida Tabiat resurslari vazirligi tashkil etilmoqda;
- Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi – negizida Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tashkil etilmoqda;
- Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi – negizida Togʻ-kon va geologiya vazirligi tashkil etilmoqda;
Agentliklar:
- Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi – negizida Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi tashkil etilmoqda.



