So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekistonda 24 ta davlat boshqaruvi organining tashkiliy boʻysunuvi oʻzgaradi
“Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoniga koʻra, 2023-yil 1-yanvardan quyidagi respublika davlat boshqaruvi organlarining tashkiliy boʻysunuvi oʻzgaradi:
Qoʻmitalar:
Davlat statistika qoʻmitasi – Statistika agentligi shaklida qayta tashkil etilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuriga oʻtkazilmoqda;
Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi – Mudofaa sanoati agentligi shaklida qayta tashkil etilib, Mudofaa vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi – Madaniyat va turizm vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi – Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi – Oʻrmon xoʻjaligi agentligi shaklida qayta tashkil etilib, Tabiat resurslari vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
Davlat soliq qoʻmitasi – Soliq qoʻmitasi shaklida qayta tashkil etilib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
Davlat bojxona qoʻmitasi – Bojxona qoʻmitasi shaklida qayta tashkil etilib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi – Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi shaklida qayta tashkil etilib, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi – Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi shaklida qayta tashkil etilib, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi – Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
Agentliklar;
Yoshlar ishlari agentligi – Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
Prezident taʼlim muassasalari agentligi – Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi shaklida qayta tashkil etilib, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
Kinematografiya agentligi – Madaniyat va turizm vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi – Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
“Oʻzarxiv” agentligi – Adliya vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi – Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi huzuriga oʻtkazilmoqda;
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi – Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi – Dori-darmon va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq vazifa va funksiyalari Sogʻliqni saqlash vazirligiga oʻtkazilgan holda, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi – Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
Inspeksiyalar:
Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi – Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi – Suv xoʻjaligi vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi – Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
Boshqa organlar:
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi – Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir