So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekistonda 12 ta davlat boshqaruvi organlari faoliyati tugatilmoqda
2023-yil 1-yanvardan quyidagi davlat boshqaruvi organlari vazifa va funksiyalari tegishli vazirlik va idoralarga oʻtkazilgan holda tugatiladi.
➖ Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi – Qishloq xoʻjaligi bilan bogʻliq vazifa va funksiyalari Qishloq xoʻjaligi vazirligiga, sanoatni rivojlantirish bilan bogʻliq vazifa va funksiyalari esa Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga oʻtkazilmoqda;
➖ Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi – vazifa va funksiyalari tegishincha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi orasida taqsimlanmoqda;
➖ Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi – vazifa va funksiyalari Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga oʻtkazilmoqda;
➖ Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi – vazifa va funksiyalari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga oʻtkazilmoqda;
➖ Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi – vazifa va funksiyalari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga oʻtkazilmoqda;
➖ Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi – vazifa va funksiyalari Suv xoʻjaligi vazirligiga oʻtkazilmoqda;
➖ Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi – vazifa va funksiyalari Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga oʻtkazilmoqda;
➖ Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi – vazifa va funksiyalari Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga oʻtkazilmoqda;
➖ Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi “Oʻzbekchorvanasl” agentligi – vazifa va funksiyalari Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga oʻtkazilmoqda;
➖ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi – vazifa va funksiyalari tegishincha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi orasida taqsimlanmoqda;
➖ Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi – vazifa va funksiyalari Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga oʻtkazilmoqda;
➖ Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi – vazifa va funksiyalari Sogʻliqni saqlash vazirligiga oʻtkazilmoqda.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir